Izohli lug‘at
xo‘jalik
хўжалик
Ma’nolari
- I 1 iqt. Jamiyat ishlab chi-qarish kuchlarining tegishli taraqqiyot bos-qichiga muvofiq keluvchi ishlab chiqarish munosabatlari majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish usuli.
- Ishlab chiqarishni tashkil etadigan, uni yuzaga keltiradigan omillar; ishlab chiqarish majmui; ishlab chiqarish.
- Ishlab chiqarishning biror sohasi, tarmogʻi.
- Biror kimsa, tashkilot yoki xalq ix-tiyoridagi barcha moddiy boylik, mulk-ashyo, yer-suv, uy-joy, asbob-uskuna va jihozlar. Sal kunda kolxoz xoʻjaligi bir qadar tar-tibga tushganday boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Xoʻjalik mudiri Biror tashkilot, muas-sasa yoki korxona ixtiyoridagi mulk-ashyoni boshqaruvchi kishi.
- Qishloq xoʻjaligidagi va umuman oʻz yer-suviga, mulkiga, ishlab chiqarish vosita-lariga eta boʻlgan har bir alohida ishlab chiqarish birligi, korxona.
- Alohida uy-joyga eta boʻlgan har bir oila, xonadon. Yoyishga joyi boʻlmagan xoʻja-liklargina mollarini ogʻilxonaga qamab bo-qadi. S. Anorboyev, Oqsoy.
Misollar
- Mamla-kat xalq xoʻjaligi. Qishloq xoʻjaligi. yat Oqsoqol choydan yana hoʻpladi-da, har k im oʻz mol-jonini hisobdan oʻtkazishi lozimligi-ni, rayon xoʻjalik tashkilotlarining bu ishni shoshiltirayotganini gapirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Suv xoʻjaligi. Oʻrmon xoʻjaligi. yaya Shunday qilib, binokorlik brigadasi kol-xozning boshqa xoʻjalik tarmoqlaridagi eng sara va muhim brigadalar qatoriga kirib oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Kolxoz xoʻjalik mudiri bir arava lom keltiribtashladi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Tangriqul hoji baquvvat xoʻjalik edi. Gʻulom aka yel kelsa yiqiladigan bequvvat xoʻjalik edi. A. Qa\-hor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Keyingi yshmar-da men rahbar boʻlgan xoʻjalik negadir oqsab qoldi. "Mushtum".
- -Bugun biz kolxoz-da oltmish xoʻjalik boʻlsak, erta-indin toʻqson, yuz xoʻjalik boʻlamiz, — dedi Abdu-rasul. P. Tursun, Oʻqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0