Izohli lug‘at
yanglig‘
янглиғ
Ma’nolari
- koʻm. esk. Singari, kabi.
Misollar
- Lola yangligʻ. Olov yangligʻ. Sher yangligʻ kurashdi.
- Rangim somon yangligʻ dard ila gʻamdan, Judolikdan tushgan hajru alamdan. — Xamza.
- Negaki men oʻzimning sevgan va muhabbat qoʻygan erimdan buncha uyatsizlik, bu yangligʻ vafosizlik koʻrdim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Kelib chiqishi
'Yang' soʻzi xitoychadan kelib chiqadi; -ligʻ esa eski turkiy qoʻshimcha.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0