Izohli lug‘at
yo‘ymoq
йўймоқ
Ma’nolari
- Biror narsa, hodisaning sabab yoki mohiyati, asosini oʻzicha talqin etmoq, taʼbirlamoq, nima bilandir bogʻlamoq, oʻshandan deb oʻylamoq, hisoblamoq.
Misollar
- Tushni yaxshilikka yoʻymoq.
- Ona oʻgʻlidagi sabrsizlikni koʻrib, oʻqishga mehr qoʻyganligiga yoʻydi. — Jonrid Abdullaxonov — Xonadon
- Odatda odamlar tush koʻrib, uni boshqa bir boʻlajak hodisaga yoʻyadilar. — Ozod Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv
- Biroq, bu holni kunning sovugʻiga yoʻyish, tinchi buzilgan odamning injiqligi bilan taʼbirlash ham mumkin. — Shukur Xolmirzayev — Qil koʻprik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0