Explanatory dictionary
baraka
барака
Meanings
- . Biror narsaning (asosan, nozu neʼmatlar, ekin hosili) kutilgan darajadan moʻlligi, serobligi.
- Barakasi ketdi (yoki baraka koʻtarildi) Serobligi yoʻqoldi, moʻlligi barham topdi.
- Xirmonga baraka! Xirmon koʻtarayotganlarga "hosil moʻl boʻlsin!" maʼnosida aytiladigan tilak.
- Qoʻlida baraka yoʻq (yoki qoʻlining barakasi yoʻq) Tejab-tergab, oʻrinli sarf qila olmaydigan kishi haqida.
- . Olloh beruvchi nasiba, neʼmat; ehson.
- . Biror narsa yoki harakatdan keluvchi foyda, naf; samara, unum.
- Baraka top (ko'r) "Kam boʻlma", "omadingni bersin" maʼnosida aytiladigan olqish, undov.
- Bor baraka, bor baraka top, baraka de(ng), baraka qil(ing) Oldi-sotdi savdosida "soʻralayotgan narxga xoʻp deng" maʼnosida ishlatiladigan ibora.
- Boriga baraka Boriga shukur, bori ham yetib qolar.
- . Qoʻshaloq koʻsak va shunday koʻsakda ochilgan paxta; qoʻshaloq meva.
Examples
- Baraka koʻtarildi.
- Baraka yoʻqoldi.
- Janjalli uyda baraka boʻlmas. — Maqol.
- Gʻoʻza chilla suviga qonsagina, xirmonga baraka kiradi. — Gazetadan.
- Bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka koʻtariladi. — Maqol.
- -Xudo baraka bersin, teraveringlar! — deb fotiha berdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Xudo umringga, molingga baraka bersin. — Hamza.
- Qaytgan molda baraka bor. — Maqol.
- Yigʻlama, yigʻidan hech kim baraka topgan emas! — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Meni olib nima baraka topding? Nuqul gʻavgʻoga qolasan. — "Yoshlik".
- Qani, ha, uka, "baraka de, barakade" lardan keyin yarim soatcha.. savdolashib, molni bir soʻm oʻn tiyinga sotdik. — G'. Gʻulom — Shum bola.
- Qoʻlni bering, boring, baraka toping, olti yuz. — S. Nurov — Narvoy.
- Boriga baraka, u yogʻini ogʻzaki boplayman. — A. Qahhor — Asarlar.
- Etakka yopishgan toʻngʻiztaroqlarni yulib tashlab, "baraka" qidirishlari ham, gʻoʻzalar orqasiga yashirinib olgancha, qizlarga xom koʻrak otib shoʻxlik qilishlari ham — hamma-hammasida allanechuk quvnoq, zinhor-zinhor qaytib kelmas orzular bor edi. — O'.Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Etymology
arab. – duo; rozilik, ijozat; ollohning marhamati
Source: Wiktionary
Views: 0