ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

baraka

барака

Ma’nolari

  1. . Biror narsaning (asosan, nozu neʼmatlar, ekin hosili) kutilgan darajadan moʻlligi, serobligi.
  2. Barakasi ketdi (yoki baraka koʻtarildi) Serobligi yoʻqoldi, moʻlligi barham topdi.
  3. Xirmonga baraka! Xirmon koʻtarayotganlarga "hosil moʻl boʻlsin!" maʼnosida aytiladigan tilak.
  4. Qoʻlida baraka yoʻq (yoki qoʻlining barakasi yoʻq) Tejab-tergab, oʻrinli sarf qila olmaydigan kishi haqida.
  5. . Olloh beruvchi nasiba, neʼmat; ehson.
  6. . Biror narsa yoki harakatdan keluvchi foyda, naf; samara, unum.
  7. Baraka top (ko'r) "Kam boʻlma", "omadingni bersin" maʼnosida aytiladigan olqish, undov.
  8. Bor baraka, bor baraka top, baraka de(ng), baraka qil(ing) Oldi-sotdi savdosida "soʻralayotgan narxga xoʻp deng" maʼnosida ishlatiladigan ibora.
  9. Boriga baraka Boriga shukur, bori ham yetib qolar.
  10. . Qoʻshaloq koʻsak va shunday koʻsakda ochilgan paxta; qoʻshaloq meva.

Misollar

Kelib chiqishi

arab. – duo; rozilik, ijozat; ollohning marhamati

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish