ball.uz
Back to dictionary

Explanatory dictionary

eshik

эшик

Meanings

  1. Uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida oʻrnatiladigan, ochib-yopib turiladigan qurilish buyumi.
  2. Umuman, odam, jonivor, narsalar joylashadigan qurilma, moslamalarning kirib-chiqiladigan, ochilib-yopiladigan qismi. Mashinaning eshigi. Samolyotning eshigi. Qafasning eshigi. v Avtobusning eshigi ovozeiz ochildi: -Marhamat, chiqinglar. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati. Bu oʻrtada soat eshigi ochilib, kakku kush chikdi-da: "Kakku! Kakku!", deb yana kirib ketdi. U. Ismoilov, Saylanma.
  3. Hovli, uy-joy; xonadon. [Mirza-karimboy:] Eshigimda juda koʻp odamlar ishlagan. Oybek, Tanlangan asarlar. -Eshi-gini topa oldingizmi? - Topdim. Aytganin-gizdek, uning eshigini Toshkentda har kim bilar ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
  4. Eshik supurmoq 1) hovli supurmoq; 2) xizmatkor boʻlib ishlamoq, xizmatkorlik ishlarini bajarmoq. Eshigimni supursin bu Koʻmondon, Boʻlsin barcha qilganiga pushay-mon. H. Olimjon. [Jamila:] Men sizni oʻla-oʻlguncha duo kplay, loyik koʻrsangiz, choʻrin-giz boʻlib, eshigingizni supuray. Hamza, Boy ila xizmatchi.
  5. Tashqari, tashqi maydon, koʻcha.
  6. Eshikka chiqmoq 1) uydan, xonadan tash-qariga, hovliga chiqmoq.
  7. Bir maqsadga, yerga yetishish, erishish yoʻli, imkoniyat yoʻli. Baxt eshigi koʻrinib turibdi. H. Gʻulom, Mashʼal. Barcha orzular eshigi deyarli yopik edi. N. Safarov, Jasoratning tugʻilishi.
  8. Eshik ogʻa (yoki ogʻasi) Oʻrta Osiyo xon-liklarida xon saroyidagi bosh xizmatkor; oliy hukmdorning turli qabul marosim-larini oʻtkazish ishlariga mutasaddi boʻlgan shaxs.

Examples

Etymology

Eshik soʻzi qadimgi turkiy tildagi "eshümäk" (yopmoq) feʼliga -k qoʻshib yasalgan.

Source: Wiktionary

Views: 0

View spelling in spelling dictionary