Толковый словарь
eshik
эшик
Значения
- Uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida oʻrnatiladigan, ochib-yopib turiladigan qurilish buyumi.
- Umuman, odam, jonivor, narsalar joylashadigan qurilma, moslamalarning kirib-chiqiladigan, ochilib-yopiladigan qismi. Mashinaning eshigi. Samolyotning eshigi. Qafasning eshigi. v Avtobusning eshigi ovozeiz ochildi: -Marhamat, chiqinglar. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati. Bu oʻrtada soat eshigi ochilib, kakku kush chikdi-da: "Kakku! Kakku!", deb yana kirib ketdi. U. Ismoilov, Saylanma.
- Hovli, uy-joy; xonadon. [Mirza-karimboy:] Eshigimda juda koʻp odamlar ishlagan. Oybek, Tanlangan asarlar. -Eshi-gini topa oldingizmi? - Topdim. Aytganin-gizdek, uning eshigini Toshkentda har kim bilar ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Eshik supurmoq 1) hovli supurmoq; 2) xizmatkor boʻlib ishlamoq, xizmatkorlik ishlarini bajarmoq. Eshigimni supursin bu Koʻmondon, Boʻlsin barcha qilganiga pushay-mon. H. Olimjon. [Jamila:] Men sizni oʻla-oʻlguncha duo kplay, loyik koʻrsangiz, choʻrin-giz boʻlib, eshigingizni supuray. Hamza, Boy ila xizmatchi.
- Tashqari, tashqi maydon, koʻcha.
- Eshikka chiqmoq 1) uydan, xonadan tash-qariga, hovliga chiqmoq.
- Bir maqsadga, yerga yetishish, erishish yoʻli, imkoniyat yoʻli. Baxt eshigi koʻrinib turibdi. H. Gʻulom, Mashʼal. Barcha orzular eshigi deyarli yopik edi. N. Safarov, Jasoratning tugʻilishi.
- Eshik ogʻa (yoki ogʻasi) Oʻrta Osiyo xon-liklarida xon saroyidagi bosh xizmatkor; oliy hukmdorning turli qabul marosim-larini oʻtkazish ishlariga mutasaddi boʻlgan shaxs.
Примеры
- Ikki taba-qali eshik. Oʻymakor eshik. Kabinet eshigi. Koʻcha eshigi. Hovli eshigi. Eshikni ochmoq. Eshikni taqillatmoq. Mehmon kelar eshikdan, Rizqi kelar teshikdan. — Maqol. v
- Dildor shart oʻrnidan turdi-yu, eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Eshik sovuk-
- Koʻrpacha yozib, uni oʻtkizgach, "men hozir", deb eshikka chikib ketdi. — S. Karomatov — Ol gin qum.
- Pazarboy eshikka chikib korasa, bu chodirdan boshqa chodirlar koʻp, odamlar son-sanoqsiz.. — "Oy-suluv"; 2) hojatga chiqmoq — yozilgani chiq-moq, yozilmoq.
- Eshik ogʻa kirib, arkoni davlat-ning hozir boʻlganini bildirgach, Husayn Boy-Karo kirishga ijozat berdi. — Oybek — Navoiy. Eshik qoqmoq 1) eshikni taqillatmoq; 2) biror vaqt, fursatning yaqinlashib, kelib turganini bildiruvchi ibora.
- Bahor eshik kokyapti. v
- Ayniqsa, eshik koqib yoz keldi-yu, xayol toʻrt yoqqa sochilib, vaqt yetishmay qoldi. — H. Nazir — Yonar daryo.
Этимология
Eshik soʻzi qadimgi turkiy tildagi "eshümäk" (yopmoq) feʼliga -k qoʻshib yasalgan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0