ball.uz
Вернуться к словарю

Толковый словарь

beshik

бешик

Значения

  1. etn. Chaqaloqni belab va teb-ratib uxlatish uchun tol yoki tut yogʻochidan yasalgan yoʻrgʻa oyoqii maxsus moslama; teb-ratma belanchak.
  2. Beshik asbob Bolani beshikka belash va beshikni tuzash, bezatish uchun zarur nar-salar (toʻshakcha, koʻrpacha, yostiqcha, qoʻlbogʻ, oyoqbogʻ, tuvak, sumak va sh. k.) majmui. Beshik ketdi ayn. beshikkertti.
  3. Biror narsaning, voqea-hodi-saning tugʻilgan yeri, makoni, manbai. Baxt beshigin quchoqlab, bizni ulgʻaytirdingiz.. Gʻ. Gʻulom. Bir qator dor bilan sharmanda boʻldi Fashizm beshigi boʻlgan Nyurnberg. Gʻ. Gʻulom. Yam-yashil oʻtloqlar million-millionlab qoʻzi, toychoqlarning beshigi boʻlur. Gʻ. Gʻulom.
  4. Beshigini tebratmoq Yangi tugʻilayotgan narsani ardoqlab, voyaga yetkazmoq. Urtoq Oripov bilimdon injener, mamlakatimizda karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha yangi korxona beshigini tebratayot-ganligi bejiz emas. Gazetadan. Sen mening beshigimni tebratganmisan? Betakalluf muomalada boʻlgan, oʻzidan kichik kishi ga javoban ishlatiladigan ibora.

Примеры

Источник: Викисловарь

Просмотров: 0

Написание в орфографическом словаре