Izohli lug‘at
beshik
бешик
Ma’nolari
- etn. Chaqaloqni belab va teb-ratib uxlatish uchun tol yoki tut yogʻochidan yasalgan yoʻrgʻa oyoqii maxsus moslama; teb-ratma belanchak.
- Beshik asbob Bolani beshikka belash va beshikni tuzash, bezatish uchun zarur nar-salar (toʻshakcha, koʻrpacha, yostiqcha, qoʻlbogʻ, oyoqbogʻ, tuvak, sumak va sh. k.) majmui. Beshik ketdi ayn. beshikkertti.
- Biror narsaning, voqea-hodi-saning tugʻilgan yeri, makoni, manbai. Baxt beshigin quchoqlab, bizni ulgʻaytirdingiz.. Gʻ. Gʻulom. Bir qator dor bilan sharmanda boʻldi Fashizm beshigi boʻlgan Nyurnberg. Gʻ. Gʻulom. Yam-yashil oʻtloqlar million-millionlab qoʻzi, toychoqlarning beshigi boʻlur. Gʻ. Gʻulom.
- Beshigini tebratmoq Yangi tugʻilayotgan narsani ardoqlab, voyaga yetkazmoq. Urtoq Oripov bilimdon injener, mamlakatimizda karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha yangi korxona beshigini tebratayot-ganligi bejiz emas. Gazetadan. Sen mening beshigimni tebratganmisan? Betakalluf muomalada boʻlgan, oʻzidan kichik kishi ga javoban ishlatiladigan ibora.
Misollar
- Beshikdagi Uchqun uydagi harakatni sezib, ovozlarni eshitib, hade-ganda uxlay bermadi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Muborakning otasi qishda duradgorlik qilar, eshik, beshik, sumak, sandal, zarang tovoq yasardi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
- \Qozi Qodirqulga:] Beshik ketdi boʻlgandan buyoq har yil rasm-russharini qilishib, yaqin vaqtlarda toʻy-ligini ham berib qoʻyibdi. Hamza, Boy ila xizmatchi. Beshik toʻyi Bolani (asosan toʻngʻich farzandni) beshikka solish munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali marosim.
- Mullajon qozi beshik toʻyi qilgan. A. Qahhor, Anor.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0