Толковый словарь
bismilloh
бисмиллоҳ
Значения
- Qurʼon suralarining va umuman eski kitob, hujjat, xat va shu kabilarning "Allohning nomi bilan" maʼnosidagi boshlanish iborasi ("bismillohi rahmonir rahiym") tarkibidagi soʻz.
- Biror ishga kirishishda, xususan ovqat yeyishni boshlashda aytiladigan soʻz.
- Biror ishning avvali, boshlanishi, muqaddimasi, debochasi.
Примеры
- [Asad qori:] Boshidan oʻqiyotibman, taqsir. — Qozi Asad qoriga jahl bilan oʻqraydi: -Bismillosi qani? — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Uni shayton, ha-ha, zavoddagi masterovoylar bilan bismillosi yoʻq kitoblar aynitdi! — Komil Yashin — Hamza
- Bismillo, deb Avazxon Shivirladi Gʻirotga — — "Nurali"
- Mirzakarimboyning xotini, harsillab-gursillab, narvonchaning har pogʻonasiga qadam qoʻyganda, "bismillo"ni takrorlab, aravaga oʻtirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Og‘zidagi nosini tupurib, "bismillo" deganicha, shimining pochasini shimarib, ketmon bilan oʻraga tushdi. — Said Ahmad — Saylanma
- [Mirzaraim Masturaga:] Pul hali somon.. boʻlib qoladi. Bu hali bismillosi-da. — Hamza — Yallachilar ishi
- Bu gal ziyofatning bismillosi saryogʻ palovdan boshlanyapti. — "Sharq yulduzi" —
- Uni [sheʼrimni] ranjitmaslik uchun.. ushbu kitobimning bismillosini ham sheʼr bilan boshladim. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻiOlishda — bismillo(h), berishda — astagʻfurullo - qarz olishni yaxshi koʻradigan, ammo qaytarishni yomon koʻradigan odamga nisbatan ishlatiladi.
Этимология
Arabchadan – Allohning ismila."Bismilloh" so‘zi Bi-ismi-llāhi-rRoḥmāni-rRoḥīymi (Mehribon va Rahmli Allohning nomi bilan) so‘zining Arabchadaki qisqartmasi erur.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0