ball.uz
Вернуться к словарю

Толковый словарь

bobiylik

бобийлик

Значения

  1. Bobiylik (Bobiya E'tiqodi ham deyiladi) – 1844 yilda Bob (Ali Muhammad) tomonidan asos solingan din. Payg'ambar bo'lgan Eronlik savdogar, yagona, anglab bo'lmas Xudoning mavjudligi va U o'z irodasini cheksiz izchillikda keladigan Ilohiy Mazharlar orqali namoyon etishini o'rgatgan. U zamonaviy davrga kelib, Bahoiy E'tiqodi shaklida saqlanib qolgan bo'lib, Bobiylarning aksariyati bora-bora unga o'tganlar. Uning idorasida kechgan xizmat davri qisqa va notinch bo'lib, Tabrizda ommaviy qatl qilinishi, hamda 19-asrda Eron harbiylarining eng qonli harakatlaridan bo'lishi mumkin bo'lgan, Bobning minglab izdoshlarini o'ldirgan qirg'in kampaniyasi bilan yakunlandi.
  2. "Bobiylik harakati… o‘n to‘qqizinchi asrning o‘rtalaridagi Eron uchun dinlararo totuvlikni, jinslar orasidagi ijtimoiy tenglikni, hamda inqilobiy anti-monarxizmni targ‘ib etuvchi ijtimoiy taraqqiyotning muhim katalizatoriga [aylandi]. Bobiylik, o'zida qadimiy Eronni, ya'ni yettinchi asrdan boshlab, Islomning asosiy o'qimiga qarshi masihchilikni ko'paytirib kelgan Eronni aks ettirdi...
  3. Vaholanki, yangi harakat, Eronning yangilanish va o'zgarishlarga qarshiligining samarasi o'laroq kelib chiqdi va [Bobiylik harakati] sekyularizm, internatsionalizm va urushni rad qilishga asoslangan zamonaviy qarashni taqdim etdi.Aynan mana shu qarash, uni o'n to'qqizinchi asrning oxirida Bobiylikdan vujudga kelgan Bahoiylik tariqasida bugunga qadar tirik qolishga qodir etdiki, u o'z ichiga 5 million jonlik jamoa va joylarni qamraydi, bu esa, uni O'rta Sharq modernizatsiyasi haqidagi har qanday qissaga kiritilishga haqli etadi."

Источник: Викисловарь

Просмотров: 0

Написание в орфографическом словаре