Izohli lug‘at
bobiylik
бобийлик
Ma’nolari
- Bobiylik (Bobiya E'tiqodi ham deyiladi) – 1844 yilda Bob (Ali Muhammad) tomonidan asos solingan din. Payg'ambar bo'lgan Eronlik savdogar, yagona, anglab bo'lmas Xudoning mavjudligi va U o'z irodasini cheksiz izchillikda keladigan Ilohiy Mazharlar orqali namoyon etishini o'rgatgan. U zamonaviy davrga kelib, Bahoiy E'tiqodi shaklida saqlanib qolgan bo'lib, Bobiylarning aksariyati bora-bora unga o'tganlar. Uning idorasida kechgan xizmat davri qisqa va notinch bo'lib, Tabrizda ommaviy qatl qilinishi, hamda 19-asrda Eron harbiylarining eng qonli harakatlaridan bo'lishi mumkin bo'lgan, Bobning minglab izdoshlarini o'ldirgan qirg'in kampaniyasi bilan yakunlandi.
- "Bobiylik harakati… o‘n to‘qqizinchi asrning o‘rtalaridagi Eron uchun dinlararo totuvlikni, jinslar orasidagi ijtimoiy tenglikni, hamda inqilobiy anti-monarxizmni targ‘ib etuvchi ijtimoiy taraqqiyotning muhim katalizatoriga [aylandi]. Bobiylik, o'zida qadimiy Eronni, ya'ni yettinchi asrdan boshlab, Islomning asosiy o'qimiga qarshi masihchilikni ko'paytirib kelgan Eronni aks ettirdi...
- Vaholanki, yangi harakat, Eronning yangilanish va o'zgarishlarga qarshiligining samarasi o'laroq kelib chiqdi va [Bobiylik harakati] sekyularizm, internatsionalizm va urushni rad qilishga asoslangan zamonaviy qarashni taqdim etdi.Aynan mana shu qarash, uni o'n to'qqizinchi asrning oxirida Bobiylikdan vujudga kelgan Bahoiylik tariqasida bugunga qadar tirik qolishga qodir etdiki, u o'z ichiga 5 million jonlik jamoa va joylarni qamraydi, bu esa, uni O'rta Sharq modernizatsiyasi haqidagi har qanday qissaga kiritilishga haqli etadi."
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0