Толковый словарь
bokira
бокира
Значения
- Er koʻrmagan, turmushga chiqmagan; iffatli.
- Qoʻl tegmagan, kishi oyogʻi yetmagan.
- ayn. bokir.
Примеры
- Bokira qiz.
- Hech qayoqqa ketmayman, menga osilmang, boʻlmasa, bir bokira jonning uvoliga qolasiz! — K. Yashin — Hamza.
- Senga shunday bokira jononlarni topib berayki, husnini koʻrib, aqling ogʻmasa — hisobmas. — J. Abdullaxonov — Toʻfon .
- Qudratli traktorlar choʻlning bokira bagʻrini ilk dafʼa yorib, agʻdarib, havoni gumburlatar edilar. Oybek, O. v. shabadalar.
- ..sirqirab yotibsiz toshlar oralab, bokira suvlarim, goʻzal suvlarim. — Sh. Rahmon — Gullayotgan tosh .
- Sen mening qorimsan, birinchi qorim, Goʻyo butun olam senday bokira. — A. Muxtor — Asarlar.
- Bahorning bokira tarovati ham Arslonovning koʻnglini ocholmadi. — „Sharq yulduzi“.
- ..shunda qizning butun borligʻi iztirobga tushib, bokira qalbida nimalar kechmaydi. — Gazetadan.
- Men sizni yaproqlar rangiga uyqash, Bokira muhabbat bilan sevaman. — X. Davron — Tungi bogʻlar.
Этимология
arabcha — dastlabki meva; iffatli qiz bola.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0