Толковый словарь
bormoq
бормоқ
Значения
- Soʻzlovchining turgan joyidan uzoqlashmoq, nari ketmoq; biror joy (manzil)dan ikkinchi joy (manzil) tomon harakat qilmoq, yoʻl olmoq; naridagi biror manzilga yetmoq.
- Umuman, biror yoʻnalishda, yoʻlda nari tomon harakat qilmoq, ilgarilamoq, uzoqlashmoq.
- Joʻnatilgan, tarqatilgan joyidan, manbaidan naridagi, moʻljaldagi joyga yetmoq (ovoza, gap, xat-xabar haqida).
- Biror transport vositasi bilan nari tomon yurmoq, siljimoq, uzoqlashmoq.
- Biror joy, obʼyekt yoki shaxs tomon yoʻnalmoq, oʻsha joyda yoki shaxe huzurida boʻlmoq; tashrif buyurmoq.
- Doimo bir yoʻnalishda yurmoq, qatnamoq.
- Oʻz ishi, faoliyatida yoki taraqqiyot jarayonida biror yoʻldan ketmoq, biror yoʻnalishda harakat qilmoq.
- Qoʻyilmoq, koʻrsatilmoq (spektakl, tomosha va shu kabilar haqida).
- Davom etmoq, boʻlmoq, ketmoq, oʻtmoq, kechmoq (ish, suhbat, vaqt haqida).
- Sigʻmoq, bemalol kirmoq.
- Soni, miqdori, kattaligi jihatidan maʼlum yuqori chegaraga, darajaga yetmoq, erishmoq.
- Davom etib, rivojlanib, biror darajaga yetmoq, biror oqibatga kelmoq.
- Oʻtib, kechib, muayyan pallaga, vaqtga yetmoq (vaqt haqida).
- Maʼlum yoshga kirmoq, yetmoq.
- Yetakchi feʼl ifodalagan ish-harakatning: a) darajama-daraja rivojlanishini, kuchayib ortishini bildiradi.
- Joʻnalish kelishigi shaklidagi ayrim mavhum otlar bilan ishlatiladi va maʼnosiga koʻra bosh kelishik shaklidagi ayni shunday otlar bilan kelgan "qilmoq" soʻziga toʻgʻri keladi, :
- Qoʻshma feʼl tarkibiga kiradi, :
- Olib bormoq - 1) boshlab, yoʻl koʻrsatib, birga bormoq.
Примеры
- Hozir institutga boraman.
- -Nima boʻldi sizga, qayoqqa borasiz? - Margʻilonga.. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Boring, Nasibani maktabdan aytib keling, issigʻida bora qolaylik. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Sidiqjonning nazarida, agar [Sharofat] shu kayfiyatida ketsa, shu yerdan boriboq, joʻrttaga bir boʻyni yoʻgʻonga tegadigan. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Shu yerdan.. Shayhontovurgacha qanchada borasiz? - Koʻz ochib yumguncha. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Ertasiga u maktabga bormadi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Poyezd.. bepoyon sahrodan borar edi, ertasiga ertalab biror soatga yaqin toʻxtab qoldi. — Abdulla Qahhor — Oltin yulduz
- Qizni izlab, uzoq borgach, uning koʻchasida toʻxtadi. — Oybek — Nur qidirib
- Biz olgʻa boraveramiz.. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Sizdan bir marta ham xat bormadi.
- Bu gaplar amirzoda qulogʻiga borib yetganiga aslo shubha qilmasa ham boʻladi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Boʻtaboy oʻylab turib: -Bizning qishloqdan ham maʼlumot borgan ekan-da, a? - dedi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Avtobusda bormoq.
- Samolyotda bormoq.
- [Qurbon ota:] -Namangangacha mashinada borsangiz, u yogʻi yaqin, - dedi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Toʻyga borsang, toʻyib bor. — Maqol
- Tagʻin bir marta Talʼatning oldiga borishiga toʻgʻri keladi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Yusufjon Gʻiyosov oʻrnidan turib, deraza yoniga bordi. — X. Yodgorov — Hayot toʻlqinlari
- Amallab yaqin borganida, baxt degan oʻsha nur yana bir olam nariga ketib qoldi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Gʻulomjon hokimni kutgani bormadi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Birdan uyiga, bolalarining oldiga borgisi keldi. — Said Ahmad — Ufq
- Ishga bormoq.
- Gʻijim roʻmol toʻqiyman, Maktab borib oʻqiyman. — "Qoʻshiqlar"
- Oʻzbekiston demokratik jamiyat qurish yoʻlidan bormoqda.
- Chin inson, yomonlar boʻhton qilganda ham, toʻgʻri yoʻldan adashmay boraveradi. — Gazetadan
- Ular oʻzlariga, oʻz yerlariga, oʻz uylariga hayot, suv keltirish uchun.. kurashga boradilar. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Kinoteatrda yangi film borayotir.
- Qizgʻin bahs bormoqda.
- Gap yosh mutaxassislar haqida bordi.
- Kunlar ketidan kunlar borar edi.
- Taxta qattiq ekan, mix bormayapti.
- Etik oyogʻimga bormayapti.
- Qoʻylar soni besh yuzga bordi.
- Xonaning uzunligi toʻrt metrga ham bormaydi.
- Odamda miya poʻstlogʻining sathi, oʻrtacha olganda, 1250 kv. sm. boʻlib, otda 350 kv. sm. ga ham bormaydi. — "Anatomiya"
- Ahvol shungacha bordi.
- Otabek yorilish darajasiga borib qaytdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Bir oʻzingiz kuchanganingiz bilan uzoqqa bora olmaysiz. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Tong otarga borib, koʻzi yoridi.
- Koʻchalarda nayzabozlik jangi boshlanib ketdi.. yarim kechaga borganda, ikki tomon aralashib ketdi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Bemor yana koʻzini yumdi, shu yumganicha ochmadi - saharga borib uzildi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Solih Maxdum oʻttizga borganda, maktabdorligi ham yaxshigina shuhrat topadi.. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- Doʻppifurush - ellikka borib qolgan odam. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Katta - oʻgay qaynona, yoshi oltmishlarga borgan, semiz, zabardast, dimogʻdor kampir edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Qor va shamol kuchaya bordi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Hozir kosib bilan dehqonning sabr kosasi toʻlib boryapti. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Gʻazal intihosiga yetgan sari Avazning chehrasi yorishib borardi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Serquyosh oʻlkamiz xalqimizning bunyodkorlik mehnati tufayli tobora goʻzallashib bormoqda. — Gazetadan
- Dushman tang ahvolda qolgan, qurshov halqasi tobora torayib borardi. — Gazetadan b) davomiyligini bildiradi.
- Nima boʻlsa ham, tevaragidagi koʻklam bezaklarini koʻzdan kechira boradir. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Maston uni orqasidan suyab bordi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Matqovul aka odamlar orasidan asta oʻtib bordi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha v) tugallanganligini bildiradi.
- Zaynab juda ishongan holda oʻz uyiga yetib bordi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Yonboshdagi xonani taqillatmasdan kirib bordi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Uch kun deganda shaharga kirib bordim. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- andishaga bormoq - andisha qilmoq.
- Tohirjon bolaligiga borib, tixirligini qoʻymadi. — N Maqsudiy — Umidli bola
- Juvon bu gapni hazil aralash aytdimi, chin aytdimi - Sidiqjon farqiga borolmadi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Boʻtaboy hovlidagi supada chalqancha yotib, ming xil xayollarga boradi. — Said Ahmad — Hukm
- Kelganim unga yoqmadi shekilli, degan andishaga ham bordi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- borib yetmoq,
- bora kelmoq.
- O‘zbek oyim oʻrta eshikka borib yetmagan ham edi, narigi yoqdan qoʻshnining bolasi yugurib kirib qoldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Joʻnar oldida Oʻrmonjon Sidiqjonning qulogʻiga: -Mehmonlarni biznikiga olib bor, men orqalaringdan yetib boraman, - dedi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari 2) eltmoq, eltib bermoq.
- Bu narsalarni uyga olib bor.
- [Yoʻlchi] Ancha yergacha kuzatib, uni [Yormatni] turmaga olib borishlarini anglagach, noshyuj orqaga qaytdi. — Oybek — Tanlangan asarlar 3) uzatmoq, choʻzmoq.
- [Otabek] Eshik zanjiriga qoʻlini olib borgani holda, oʻylanib toʻxtadi va eshikni ochmay, orqasiga qaytdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar 4) biror darajaga, chegaraga yetkizmoq.
- Birinchi kvartal rejasini 150 foizga olib bordik. 5) boshqarmoq.
- ..Ergash Hamroqulov raislik qilib, majlisni olib bormoqda. — Parda Tursun — Oʻqituvchi 6) muntazam ravishda amalga oshirmoq, oʻtkazmoq.
- Ish olib bormoq.
- Tajriba olib bormoq.
- Odamlarning oʻt kechib, suv kechib olib borgan kurashlari natijasida turmushlari qanday oʻzgarganligini koʻrsatmoqchi, xolos. — Abdulla Qahhor — YillarBorib turgan - biror belgi-xususiyatning ortiqchaligini ifodalaydigan ibora.
- Borib turgan yolgʻonchi.
- Men boʻlsam, otam borib turgan kambagʻal boʻlgani uchun, u oʻrtogʻimga uzil-kesil javob qila olmasdim. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlariBorsa kelmas - borgan odam qaytib kela olmaydigan, juda xatarli afsonaviy joy.
- Endi uning zoʻravonlik qiladigan zamoni borsa kelmasga ketdi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Uch kun ichida usta Yunusning avzoyi oʻzgarib.. tabibning bergan dorisi ham kor qilmadi shekilli, borsa kelmas safarga otlangani rostga oʻxshab qoldi. — S. Abdulla — Soyalar
- ..allaqaysi goʻrga, "borsa kelmas"ga uzatilgan ekan. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalarNari borsa - nari.Oy borib, omon kel - oy.Pichoq borib suyakka taqaldi - suyak.Til bormaydi - til 2.Ogʻiz bormaydi - til bormaydi.
- Kumushning "yoʻq" deyishga ogʻzi bormay, "maylingiz, og‘ir boʻshasa", deb javob berdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Gʻozi oʻzi gapirishga ogʻzi bormay, "sen gapir" degandek, Umaraliga qaradi. — Ibrohim Rahim — IxlosYurak bormaydi - Yurak betlamaydi, Yurak bezillaydi.Qayga boray? - Nima qilay, qayerdan va nimadan najot topay?
- Oʻzimdan chiqqan baloga, qayga boray davoga? — MaqolQoʻl bormaydi - qoʻl.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0