ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

bormoq

бормоқ

Ma’nolari

  1. Soʻzlovchining turgan joyidan uzoqlashmoq, nari ketmoq; biror joy (manzil)dan ikkinchi joy (manzil) tomon harakat qilmoq, yoʻl olmoq; naridagi biror manzilga yetmoq.
  2. Umuman, biror yoʻnalishda, yoʻlda nari tomon harakat qilmoq, ilgarilamoq, uzoqlashmoq.
  3. Joʻnatilgan, tarqatilgan joyidan, manbaidan naridagi, moʻljaldagi joyga yetmoq (ovoza, gap, xat-xabar haqida).
  4. Biror transport vositasi bilan nari tomon yurmoq, siljimoq, uzoqlashmoq.
  5. Biror joy, obʼyekt yoki shaxs tomon yoʻnalmoq, oʻsha joyda yoki shaxe huzurida boʻlmoq; tashrif buyurmoq.
  6. Doimo bir yoʻnalishda yurmoq, qatnamoq.
  7. Oʻz ishi, faoliyatida yoki taraqqiyot jarayonida biror yoʻldan ketmoq, biror yoʻnalishda harakat qilmoq.
  8. Qoʻyilmoq, koʻrsatilmoq (spektakl, tomosha va shu kabilar haqida).
  9. Davom etmoq, boʻlmoq, ketmoq, oʻtmoq, kechmoq (ish, suhbat, vaqt haqida).
  10. Sigʻmoq, bemalol kirmoq.
  11. Soni, miqdori, kattaligi jihatidan maʼlum yuqori chegaraga, darajaga yetmoq, erishmoq.
  12. Davom etib, rivojlanib, biror darajaga yetmoq, biror oqibatga kelmoq.
  13. Oʻtib, kechib, muayyan pallaga, vaqtga yetmoq (vaqt haqida).
  14. Maʼlum yoshga kirmoq, yetmoq.
  15. Yetakchi feʼl ifodalagan ish-harakatning: a) darajama-daraja rivojlanishini, kuchayib ortishini bildiradi.
  16. Joʻnalish kelishigi shaklidagi ayrim mavhum otlar bilan ishlatiladi va maʼnosiga koʻra bosh kelishik shaklidagi ayni shunday otlar bilan kelgan "qilmoq" soʻziga toʻgʻri keladi, :
  17. Qoʻshma feʼl tarkibiga kiradi, :
  18. Olib bormoq - 1) boshlab, yoʻl koʻrsatib, birga bormoq.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish