Толковый словарь
fonar
фонарь
Значения
- Yorituvchi qismi shar, quticha, naycha va b. shakllardagi shisha yoki shaffof material bilan oʻralgan chiroq. Choʻntak fonari. Qoʻl fonar, yat Munira yugurib, vagonga chiqdi-da, qoʻl fonarini olib tushdi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri. Kozim aka.. stolning tortmasini ochib, u yerdan elektr fonar olib, menga koʻrsatdi. E. Raimov, Ajab qishloq.
- Fonus. Fonar yana tutay boshladi, kerosin tugay deb qolgan edi. Y. Muqimov, Olov va nihollar. Gʻulomjonning kulgisi shu qadar begʻubor ediki, hujrada qirqinchi fonar yoqilganday boʻlib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Fonar yogʻi esk. ayn. kerosin.
Этимология
yun. fanari(o)n — yorugʻlik, nur tarqatuvchi < fanos — chiroq, mashʼala
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0