ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

fonar

фонарь

Ma’nolari

  1. Yorituvchi qismi shar, quticha, naycha va b. shakllardagi shisha yoki shaffof material bilan oʻralgan chiroq. Choʻntak fonari. Qoʻl fonar, yat Munira yugurib, vagonga chiqdi-da, qoʻl fonarini olib tushdi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri. Kozim aka.. stolning tortmasini ochib, u yerdan elektr fonar olib, menga koʻrsatdi. E. Raimov, Ajab qishloq.
  2. Fonus. Fonar yana tutay boshladi, kerosin tugay deb qolgan edi. Y. Muqimov, Olov va nihollar. Gʻulomjonning kulgisi shu qadar begʻubor ediki, hujrada qirqinchi fonar yoqilganday boʻlib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
  3. Fonar yogʻi esk. ayn. kerosin.

Kelib chiqishi

yun. fanari(o)n — yorugʻlik, nur tarqatuvchi < fanos — chiroq, mashʼala

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish