ball.uz
Вернуться к словарю

Толковый словарь

fotiha

фотиҳа

Значения

  1. . din. Qurʼonning birinchi, boshlangʻich surasi, boshlanishi.
  2. . Kimsaga ezgulik tilab aytiladigan duo, olqish.
  3. Fotiha oʻqimoq 1) qurʼonning qisqa suralaridan birini oʻqib, marhumning ruhiga xudodan mehru shafqat, ezgulik tilamoq.
  4. Fotiha qilmoq Fotiha oʻqimoq.
  5. Yuziga fotiha tortmoq Fotiha oʻqib boʻlingach, ikki qoʻlning kafti bilan yuzni yuqoridan pastga tomon yengilgina silamoq.
  6. . Biror ish-harakatni bajarishga kirishayotgan kishiga omad, baxt tilagan xolla beriladigan ruxsat, ijozat.
  7. Oq fotiha Biror ishni bajarishga kirishish uchun rozi boʻlib, mamnunlik bilan beriladigan ruxsat, ijozat.
  8. Fotiha soʻramoq Boshqalardan oldinroq turib ketish uchun yigʻilish axlidan yoki yoshi kattaroq kishidan ruxsat soʻramoq.
  9. . Qiz bilan yigit turmush qurishga rozi boʻlgandan keyin, buni qarindosh-urugʻ, mahalla ahliga maʼlum qilish maqsadida nikohdan oldin oʻtkaziladigan marosim; unashtirish.
  10. Fotiha toʻyi Qiz bilan yigitning unashtirilganligi munosabati bilan oʻtkaziladigan kichik toʻy; unashtirish toʻyi.
  11. . Oʻlik chiqqan xonadonda oʻlimning dastlabki uch kuni hamda hayit kunlari marhumning xotirasi uchun oʻtkaziladigan marosim; taʼziya.
  12. . Tabriklash, muborakbod qilish, yaxshi tilaklar bildirish.

Примеры

Этимология

arab. – ochish, ochilish, boshlanish, ibtido, muqaddima

Источник: Викисловарь

Просмотров: 0

Написание в орфографическом словаре