Izohli lug‘at
fotiha
фотиҳа
Ma’nolari
- . din. Qurʼonning birinchi, boshlangʻich surasi, boshlanishi.
- . Kimsaga ezgulik tilab aytiladigan duo, olqish.
- Fotiha oʻqimoq 1) qurʼonning qisqa suralaridan birini oʻqib, marhumning ruhiga xudodan mehru shafqat, ezgulik tilamoq.
- Fotiha qilmoq Fotiha oʻqimoq.
- Yuziga fotiha tortmoq Fotiha oʻqib boʻlingach, ikki qoʻlning kafti bilan yuzni yuqoridan pastga tomon yengilgina silamoq.
- . Biror ish-harakatni bajarishga kirishayotgan kishiga omad, baxt tilagan xolla beriladigan ruxsat, ijozat.
- Oq fotiha Biror ishni bajarishga kirishish uchun rozi boʻlib, mamnunlik bilan beriladigan ruxsat, ijozat.
- Fotiha soʻramoq Boshqalardan oldinroq turib ketish uchun yigʻilish axlidan yoki yoshi kattaroq kishidan ruxsat soʻramoq.
- . Qiz bilan yigit turmush qurishga rozi boʻlgandan keyin, buni qarindosh-urugʻ, mahalla ahliga maʼlum qilish maqsadida nikohdan oldin oʻtkaziladigan marosim; unashtirish.
- Fotiha toʻyi Qiz bilan yigitning unashtirilganligi munosabati bilan oʻtkaziladigan kichik toʻy; unashtirish toʻyi.
- . Oʻlik chiqqan xonadonda oʻlimning dastlabki uch kuni hamda hayit kunlari marhumning xotirasi uchun oʻtkaziladigan marosim; taʼziya.
- . Tabriklash, muborakbod qilish, yaxshi tilaklar bildirish.
Misollar
- Chollar Qudratga tanijoni sogʻlik, ishiga baraka tilab, fotihaga qoʻl koʻtardilar. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Rahim domla fotihaga qoʻl ochib, yoshlarni duo qildi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Mirzakarimboy qoʻllari bilan soqolini yengilgina siypab, marhumga fotiha oʻqigan boʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kampir tepasini burgan bosgan qabr oldida toʻxtab, hassasiga suyanib, yerga oʻtirdi-da, nimalarnidir pichirlab, fotiha oʻqidi. — I. Rahim — Ixlos. 2) qoʻl ochib va uni yuzlariga tortgan holda, oʻzi yoki boshqalar uchun yaxshiliklar, ezgulik, tinchlik, salomatlik tilamoq, duo qilmoq.
- Oshdan soʻng usta Olim shunday fotiha oʻqidi: Dushmanlaringizning yoʻq boʻlganlari chin boʻlsin, sevganingiz bilan endi masʼud yashang! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Qalandar poygakka chordana qurdi. Ichida nimanidir pichirladi, fotiha qildi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Nasiba kresloga oʻtirib, yuziga fotiha tortdi. — A. Qahhor — Asarlar.
- Botir ham bobosiga qoʻshilib, yuziga fotiha tortdi. — A. Dilmurodov — Osmonning bir parchasi.
- Fotiha bermoq. Fotiha olmoq.
- Men rozi, kuyov qilamiz, fotiha bering. — U. Ismoilov — Saylanma.
- Orif sardor xalqdan fotiha olib, otini yugurtirib, toʻdaga ketdi. — A. Qodiriy — Kichik asarlar.
- Ota, sizdan oq fotiha tilayman, Shirvon elda Zulxumorga boraman. — "Ravshan". —
- [Tangriqul hoji:] Menga oq fotiha bering, safar otini egarlab, yoʻlga chiqay. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Abdurahmon sardor.. qaytmoqchi boʻlib, xalifadan fotiha soʻradi. — S. Ayniy — Qullar.
- Fotiha goʻyo yarim nikoh, u ikki tomonning kelajak hayotiga taqdir muhrini bosadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Musulmon boʻlsalaring, qizimga tegmanglar! Birovning omonati! Birovga fotiha boʻlgan. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Keling.. katta toʻydan ilgari fotiha toʻyini oʻtkazib olaylik. — Hamza — Kim oʻgʻri?
- Ichkarida bir oqsoch kampir, tashqarida bir karquloq otboqar qolgan, boshqa hech kim yoʻq, hamma fotiha toʻyiga ketgan. — K. Yashin — Hamza
- Fotihaga kirib chiqmoq.
- Oʻligim kafansiz qolmasa, duoyi fotihaga kelganlarning oldiga bitta-ikkita qattiq-quttiq non qoʻysangiz boʻlgani. — A. Qahhor — Sarob.
- Shu payt uch kishi fotihaga kirdi. — S. Siyoyev — Avaz.
- [Maxdum:] Sen qizlaringni ozod qoʻy, Nigor, dasturxon tayyorlab, choy qaynat! Fotihaga odamlar kelsa kerak. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Kelib chiqishi
arab. – ochish, ochilish, boshlanish, ibtido, muqaddima
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0