Толковый словарь
haqiqiy
ҳақиқий
Значения
- Chindan ham bor, chindan boʻlgan; asl, haqqoniy.
- Oʻz nomi, unvoni va shu kabilarga toʻla munosib, loyiq.
- Chin maʼnodagi.
Примеры
- Haqiqiy ahvol. Haqiqiy voqea. Haqiqiy fakt. Haqiqiy hodisa.
- Hoji xola oʻzining kimligini koʻrsatadigan haqiqiy sarguzashtini shu yerda yashirib, yolgʻon ayta boshlagan edi. — M.Ismoiliy — Fargʻona t.
- Haqiqiy familiyasi-chi? Shuni ayting! — K.Yashin — Hamza.
- Dadam noyob usul yaratib, haqiqiy insondan farq qiladigan sunʼiy odam — biorobotni vujudga keltiribdilar. — O.Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Haqiqat uchun kurashibdi, haqiqiy inson ekan dadangiz. — Oybek — Nur qidirib.
- Haqiqiy olim shuhrat uchun emas, haqiqat, fan ravnaqi uchun kurashadi. — R. Usmonov — Odobnoma.
- Ammo haqiqiy qish birinchi qor yoqqanda bilindi. — Oʻ.Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Haqiqiy hayot mehnatdan boshlanadi, mehnatli hayot goʻzaldir. — Gazetadan.
- Haqiqiy muhabbat oldida hech qanday gov dosh berolmasligiga ishontirishim kerak edi. — O.Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Haqiqiy doʻstda insonning eng yaxshi xislatlari mujassamlashgan boʻladi. — Gazetadan.
Этимология
[ arab. - chin, rost; asl, haqqoniy ]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0