Толковый словарь
hiss
ҳисс
Значения
- Tashqi taʼsirni qabul qilish qobiliyati va shu taʼsirdan yuzaga keladigan holat
- sezgi, tuygʻu.
- His qilmoq (yoki etmoq) 1) his, sezgi qobiliyati bilan narsa, harakat-holat va shu kabilarni bilmoq, ilgʻamoq; sezmoq. Yodgor yel-kasida qizning kaftidan oʻtayotgan haro-ratni his qilar.. yuragi hayajondan gupil-lab urar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Mulla Fazliddin oʻz yuzida Xonzoda be-gimning nafasini his qildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Manglayida sovuqlik his etib, Kumush koʻzini ochdi. A. Qodiriy, Oʻt-gan kunlar. Sherbek.. Nigoraga qattiq bogʻ-lanib qolganini his etdi. S. Anorboyev, Oqsoy; 2) biror holatda bilmoq; sezmoq, tuymoq. Oʻzini yengil his qilmoq (etmoq). n Adiba shu bir uy mehmon orasida ham oʻzini yolgʻizdek his qildi. Gazetadan. Bumagazinda u oʻzini oʻz uyidadek his etishini yana bir marta koʻrsatib qoʻygisi keldi. F. Musa-jonov, Nozik masala.
- Kishi ruhiyati, qalbidagi biror nar-sani aks ettiruvchi, u bilan bogʻliq sezgi, tuygʻu. Sevgi deb atalgan bu hislar bahor yomgʻiridek sharr etib oʻtib ketmasmikan? Mirmuhsin, Umid. Yoshlikda hamma ham oliy-janob hislar, sof vijdon, halollik, nomus haqidagi fikrlar bilan toʻlgan boʻladi. F. Musajonov, Himmat. Qanday hislar, qanday fikrlar Qiz qalbini zabt etib oldi? Uy-gʻun. Uning qarashida tahlika, sarosima yoki "ajab boʻlibdi!" degan bir maʼno, bir his yoʻq edi. Oybek, Navoiy.
Примеры
- Xayolim sahroda kezadi uygʻoq, Hissimni tortgandi poyonsiz qirgʻoq. — Gʻayra-tiy. Bu qoʻshiqlar qizda oʻzi ham nima ekanini bilmaydigan hislar uygʻotar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Sen chal bugun yalpi hayot kuyini, Butun sezgi, hissim bilan tinglayin. — Gʻayratiy. Nizomjon xatni koʻrdi-yu, quvonchli, alamli, bilib boʻlmaydi-gan bir his vujudini qamrab oldi. S. Axmad, Ufq.
Этимология
a. — sezgi, tuygʻu; idrok
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0