ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

hiss

ҳисс

Ma’nolari

  1. Tashqi taʼsirni qabul qilish qobiliyati va shu taʼsirdan yuzaga keladigan holat
  2. sezgi, tuygʻu.
  3. His qilmoq (yoki etmoq) 1) his, sezgi qobiliyati bilan narsa, harakat-holat va shu kabilarni bilmoq, ilgʻamoq; sezmoq. Yodgor yel-kasida qizning kaftidan oʻtayotgan haro-ratni his qilar.. yuragi hayajondan gupil-lab urar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Mulla Fazliddin oʻz yuzida Xonzoda be-gimning nafasini his qildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Manglayida sovuqlik his etib, Kumush koʻzini ochdi. A. Qodiriy, Oʻt-gan kunlar. Sherbek.. Nigoraga qattiq bogʻ-lanib qolganini his etdi. S. Anorboyev, Oqsoy; 2) biror holatda bilmoq; sezmoq, tuymoq. Oʻzini yengil his qilmoq (etmoq). n Adiba shu bir uy mehmon orasida ham oʻzini yolgʻizdek his qildi. Gazetadan. Bumagazinda u oʻzini oʻz uyidadek his etishini yana bir marta koʻrsatib qoʻygisi keldi. F. Musa-jonov, Nozik masala.
  4. Kishi ruhiyati, qalbidagi biror nar-sani aks ettiruvchi, u bilan bogʻliq sezgi, tuygʻu. Sevgi deb atalgan bu hislar bahor yomgʻiridek sharr etib oʻtib ketmasmikan? Mirmuhsin, Umid. Yoshlikda hamma ham oliy-janob hislar, sof vijdon, halollik, nomus haqidagi fikrlar bilan toʻlgan boʻladi. F. Musajonov, Himmat. Qanday hislar, qanday fikrlar Qiz qalbini zabt etib oldi? Uy-gʻun. Uning qarashida tahlika, sarosima yoki "ajab boʻlibdi!" degan bir maʼno, bir his yoʻq edi. Oybek, Navoiy.

Misollar

Kelib chiqishi

a. — sezgi, tuygʻu; idrok

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish