Толковый словарь
ilinmoq
илинмоқ
Значения
- Ilmoq I fl. oʻzl. va majh. n.
- Tushmoq, tutilmoq(tuzoq, qopqon va shu kabilarga).
- (oʻzi birikib kelgan soʻz bil-dirgan narsaga) Duchor boʻlmoq, yoʻliqmoq. U
- [
- (oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan narsaga) Ulgurmoq, erishmoq, olmoq.
- Oʻz holati, mansabi va shu kabilarda zoʻrgʻa turmoq; ketay-ketay deb turmoq.
- Ushlash, kiyish va shu kabilardarajasiga yetmoq, yaramoq.
- Oʻzi ishlatmay, oʻzgaga bermoqyoki atab saqlab qoʻymoq (asosan taom haqida).
- Koʻzga ilinmoq 1) koʻzga tashlanmoq, koʻrinmoq.
- —Oʻzbek tilining izohli lugʻati
Примеры
- Koʻchada ketayotgan bir xotinning yusha xitoyi zonti qoʻlidan uchib ketib, parashyut-day lapanglab bordi-da, bir daraxtga ilindi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
- Devoriy gaze-talarning imtihonga bagʻishlangan yangi son-lari ilindi. S. — Zunnunova — Yangi direktor.
- Harmoqlarga bitta ham baliq ilinmadi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Ovchi asta-sekin toʻrning ipini tortibdi, hamma kaptar tu-zoqqa ilinibdi. — "Chalpak yoqqan kun".
- kun Nurinisoning hiylasiga ilinib.. soʻng qocharkan.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- \a, bu Mastura yallalar tuzogʻiga ilingan pok, begunax qizlarning taqdiri haqida yigʻlab-yigʻ-lab kitob yozsa boʻladi. — K. Yashin — Hamza.
- Toʻgʻonbek] Baʼzi qassoblardan, oshpazlardan bir necha dinor qarzga ham ilinadi. — Oybek — Navoiy.
- Oʻzing-ku, zoʻrgʻa uchga ilinib yuribsan. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Ha.. picha roʻmol oluvdik, epchillar ilinib, epsizlar quruq qoldi. — N. Safarov — Tanlangan asarlar.
- Medalga ilinganlar, har qalay, [oʻqish-ga] joylashib ketadi. — S Zunnunova — Yangi direktor.
- U Buxoroda joy topib, tuzukki-na maoshga ilinganidan xursand boʻldi. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Ilinib turganingni bilasanmi, rais.. endi sen haqiqiyrais emas, sobiqraissan. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli. Aqrab, qora sovuq oyida Buxoroda oʻlim koʻp boʻldi —
- baʼzi ilinib yurgan keksalar kuz yaprogʻidek chirs-chirs keta boshladi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Soqolingiz ustaraga ilin-maydi. — S. Ahmad — Hukm.
- Oʻroqqa ilinmagan maysalarni qoʻy chilpiganday bittalab yulib olaman. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Men pul beray, shu atrofdan oz-moz durust, oyoqqa ilinadi-gan bir narsa topib bering. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sher kosasidagi ilikni bobosiga ilinib olib kir-sa, u kishi bosh chayqaydi. — S. Anorboyev — Ham-suhbatlar.
- Uyidan posilka olgan ekan, menga ham ilinibdi: ozgina shirin tolqon, mayiz. — H. Gʻulom — Toshkentliklar.
- Yomgʻir betinim yogʻar, lekin uning tomchilari chang zarralaridek koʻzga ilinmas edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi; 2) koʻtarilib, obroʻ orttirib, maʼlum-mashhur boʻlmoq; koʻzga koʻrinmoq.
- Ishda ham Nazarov tez koʻtarildi. Saidgʻozi boʻlsa chekkada, koʻzga ilinmay qolib ketaverdi. — S. Anorboyev — Oqsoy; 3) eʼtiborni oʻziga tortmoq.
- Qiza-loq koʻzga ilinadigan boʻlib qolibdi. — Koʻzi ilinmoq Koʻzi uyquga ketmoq.
- Koʻzi endi ilin-ganda, sapchib oʻrnidan turib ketar, bolala-ri ustini yopib qoʻyar, keyin devordagi soat-ga qarardi. — S. Abduqahhor — Koʻzlar. Pichoqqa ilinadigan Biror narsa uchun maʼqul boʻla-digan, yaraydigan, yaroqli.
- Umuman.. mol-larning pichoqqa ilinadigani yoʻq hisob. — "Mushtum".
- Xullas, oʻylab tursam, zikr qilingan Sharipovlar ichida pichoqqa ilinadigani temir-tersak mudiri. Tojiboy Sharipov ekan. — Gazetadan. Tilidan (yoki ga-pidan, ogʻzidan, soʻzidan) ilinmoq Oʻz gapi (soʻzi) bilan oʻzini fosh qilib qoʻymoq.
- Boy oma.. men Suyarni tergovchi toʻraning oldiga olib boray. Bir umrida tergovchiga soʻrov ber-may yurgan odam oʻz tilidan iliniboʻtirma-sin. — N. Safarov — Uygʻonish. Tumshugʻidan ilinmoq Qoʻlga tushmoq.
- Mugʻambir tumshu-gʻidan ilinar. — Maqol.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0