Толковый словарь
ilm
илм
Значения
- Oʻqish-oʻrganish va tadqiqot, tahdil etish bilan erishiladigan bilim; koʻnikma, maʼlumot.
- Ish-faoliyatning ilm bilan bogʻliq sohasi; tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi; fan.
- Ish-faoliyatning maʼlum bir sohasiga oid bilim, taʼlimot, malaka.
- Ilmi gʻayb ( ilmi gʻoyib) — Yashirin, sirli narsalarni bilish ilmi.
Примеры
- Ilm darajasi.
- Ilm olish huquqi.
- Ilm dargohi.
- Shariat ilmi.
- Dunyoviy ilmlar.
- Jamolboy aka, dini islomni qoʻldan bermasdan.. zamon ilmlarini oʻqilsa, zarar qilmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Domlamiz bizga bunday ilmlarni oʻqitmaganlar. — Mirkarim Osim — Ibn Sino qissasi.
- Kashfiyotsiz ilm boʻlmaganidek, ilm ham kashfiyotsiz nafas ololmaydi. — „Saodat“.
- Olim ilmi bilan hurmat topur, hofiz xush ovozi bilan odamlarning dilini xush qilur.. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat.
- Ish va hunar.
- Ilm va maʼrifat.
- Ilm va sanʼat.
- Yangi maktablar ochib, Qurʼoni karim va boshqa darslar bilan birga jugʻrofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham taʼlim beraylik. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Islim barlos — sodda, dilovar, ov va qush ilmining piri. — Oybek — Navoiy.
- Bogʻdorchilik ilmini bilar ekan. — Saida Zunnunova — Yangi direktor.
- Harb. ilmida hamma yoʻl bekilganda, jangchi uchun oʻlimdan boshqa chora qolmagandagina oʻzini oʻzi halok qiladi, deyiladi. — Said Ahmad — Hukm.
- ...yoʻqsa ilmi gʻaybni kim bilibdur. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Xon eshon ...dami oʻtkir, har qanday baloni ham daf qila oladigan, ilmi gʻoyibdan xabardor deb ovozasi ketgan. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar.
Этимология
— bilim; fan; nazariya
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0