Толковый словарь
ilon
илон
Значения
- Sudralib yuruvchi, oyoqsiz, ta-nasi ingichka va uzun, koʻzlari shaffof qovokdar bilan qoplangan jonivor.
- Muchal yil hisobida oltinchi yil nomi; mor.
- Ilon yili Muchal yil hisobida oltinchi yil (s. muchal).
- Yer tagida (yoki ostida) ilon qimirlasa, bilmoq Juda ham ziyrak, sezgir; ustomon kishi haqida.
Примеры
- Boʻgʻma ilon. Zaharli ilon. Zaharsiz ilon. Koʻzoynak-li ilon. Oq ilon. Suv ilon(i). Qora ilon. Ilon chaqqan ola arqondan qoʻrqar. — Maqol.
- Yer tagida ilon qimirlasa, biladigan bazzoz shahardagi hamma voqealar-dan xabardor edi. — M. Osim — Oʻtror.
- Begoyim yer ostida ilon qimirlasa, biladigan quv xotin. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Yotgan ilonni (boshini) qoʻzgʻamoq Zarar yetkazadi-gan, lekin tinch yotgan shaxe yoki narsani qoʻzgʻatish, "ishga tushirish" maʼnosida. Ilon izi Egri-bugri, ilang-bilang.
- Ilon izi yoʻllar. Ilon izi chiziq. m
- Qizlar ichida hali toʻgʻri chokni ilon izi qilib tikuvchi-lar yoʻq emasdi. — U. Nazarov — Zamon.
- Ilon izi boʻlib ketgan yolgʻizoyoq yoʻlni boʻron oqibati-da qum bosib qolgan edi. — Sh. Rashidov — Boʻron-dan kuchli. Ilon poʻst tashlaydi(gan) Chidab boʻlmas darajadagi gap-soʻz, toqat qilib boʻlmaydigan haqorat haqida.
- Gaplariga ilon poʻst tashlaydi. shsh -Oʻzingiz ham ilon poʻst tashlaydigan gap qildingiz-da, — dedi u xu-shomadgoʻylik qshshb. — I. Rahim — Ixlos. Ilon chiqqan Hech kim kirmaydigan, tashrif bu-yurmaydigan xona, xonadon va shu kabilar haqida.
- Oh, onaginang aylansin, uyimdan ilon chiq-qan! Mushtumga yozadigan gap bor.. — "Mushtum".
- ..oʻsha voqeadan soʻng, onalar taʼbiricha, "ilon chiqqan" bu koʻchaga [Otabekning] birinchi ki-rishi, birinchi jasorati edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Ilonning yogʻini yalagan Oʻta ayyor, ustomon.
- Mirzakarimboy ilonning yogʻini yalagan odam edi: hamma boylar kabi ayyor, mugʻambir, puxta-pishiq.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0