Толковый словарь
issiq
иссиқ
Значения
- Jism tarkibidagi mole-kulalar harakati (yonish, kimyoviy reaksiya va sh.k.) natijasida yuzaga keladigan va jismlarni qizdiradigan, isitadigan ki-netik energiya; issiqlik, harorat. Quyoshning issigʻi. Olovning issigʻi. n
- Kasallikda yuzaga keladigan (koʻta-riladigan) harorat; isitma. Oftob oyim erining soʻzini kuchlab tushdi: Issigʻi bor, yuzi ham qizarib, boʻrtib turibdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Issigʻim koʻpligidan suv ustiga suv ichar edim. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
- sft. Yuqori haroratli, biror manba harorati bilan isigan, qizigan; issiq holatli.
- sft. Issikdikni saqlaydigan, issiq tutadigan.
- Qozon ovqati, pishirilgan (is-siq) taom.
- sft. koʻchma Kishiga xush keladigan; yoqimli.
- Issiq joy (yoki oʻrin) Oʻzi yashayotgan, oʻzi oʻrgangan joy (oʻrin).
Примеры
- Issiq birmuncha boʻshashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Sharofat-xon.. supaning chetiga kelib oʻtirdi, oq shohi roʻmoli bilan yelpinib, issiqdan shikoyat qil-di. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Issiq suv. Havo issiq. n
- Shundoq issiq kunda qora qoʻylak kiyishidan azador-ligi bilinib turardi. — S. Ahmad — Ufq.
- Sher-bek uning qoʻlini issiq kaftlari orasiga oldi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- \Egnida\ Issiq va yangi palto, oyogʻida ichi jun botinka, qorakoʻl qalpoq, qorni toʻq.. — Mirmuhsin — Umid.
- Issiq kiy-ingan yoʻlovchilar dam-badam burun va quloq-larini ushlab, oʻz tashvishlari bilan yugurib-yelardilar. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- Yaxshiyam shu qoʻshning bor ekan, du-gonang. Boshim yostiqqa tekkanda, oʻzi, bo-lalari oʻtib, bir qoshiq issiq qilib beradi, doʻxtir chaqirib keladi. — S. Nurov — Narvoy.
- Kechadan beri [Kumushning] ichiga issiq kir-gani yoʻq. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hamma-miz deyarli har kun bir qoshiq issiqqa muh-tojmiz. — A. Qodiriy — Kichik asarlar.
- Yulduzxon unga yengilgina bosh irgʻadi va bir kulib qaradiki, Muhiddin shu vaqtga-cha qizlar kulgisining bu qadar jozibali, chiroyli, issiq boʻlishini sira uchratmagan edi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Luqmoncha xuddi yumalaganday yugurib, medpunktga kirib bo-rarkan, Elchibek u ni chaqirib, bir issiq gap aytgisi keldi. — A. Muxtor — Tugʻilish.
- Mavlon bilan Navroʻz oʻz issiq joylarini tashlab.. kol-xozning paxtasini gʻayrat bilan terayotgan yoshlarning ishlaridan hayron qoldilar. — S. Ayniy — Qullar.
- Sababi boʻlmasa, kim issiq oʻrnini tashlab, qum tepaliklari orasida sargardon boʻlib yuradi! — Mirmuhsin — Meʼmor. Issiq jon Tirik organizm, jumla-dan, odam hayotida har xil holatlarning yuz berishi mumkinligini bildiradi, shuni qayd etadi.
- Issiq jon. Men ogʻrib yotarman, bir qoshiq suvga muhtoj boʻlarman. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Issiq jon deydilar, jon boʻlsa boʻlar, Payt kelsa, chechak ham sar-gʻayar, soʻlar. — A. Oripov — Yillar armoni. Is-siq urishi (yoki elitishi) Organ izmga uzoq vaqt (davomli) issiq havo yoki infraqi-zil nurlar taʼsir etishi oqibatida orga-nizmda issiqlik boshqarilishining izdan chiqishi bilan yuzaga keladigan oʻtkir patologik holat.
- Yozda, saratonda yoki issiq binoda uzoq ishlaganda, issiq elitishi mum-kin. — "OʻzME". Issigʻida Vaqti gʻanimatda. Buva naridan-beri choyini ichib, yana yoʻlga tushdi. Omonatni issigʻida egasiga topshi-rish kerak-ku.. Mirmuhsin, Bir xumcha til-la. Yo bu uydan issigʻida keting, yo xulqingiz-ni tuzatib oling! H. Gʻulom, Toshkentlik-lar. Istarasi issiq q. istara Koʻzga issiq koʻrinmoq 1) maʼqul va yoqimli koʻrinmoq.
- Dadasi deyman, doʻstingiz Olimjonni juda maqtab yubordi-yu.. qizingiz bir narsani bi-lar ekan-da, haytovur, shu yigit koʻzimga issiq koʻringan edi. — O. Yoqubov — Chin muhab-bat; 2) tanishdek koʻrinmoq.
- Hoy, menga qarang, koʻzimga issiq koʻrinasiz. Yopiray, Karim aka, meni tanidingizmi? — N. Safarov — Sharq tongi. Odamning yuzi issiq Koʻz koʻzga tushganda, har qanday holatda ham odamning (insonning) eʼtibori sakdani-shini qayd etadi.
- Mahmud bobo boshliqni topib olib, boplab soʻkmoqchi edi. Lekin odamning yuzi issiq-da, unga duch kelib, koʻzlari koʻziga tushgach, ancha boʻshashdi. — Gazetadan. Te-mirni issigʻida bosmoq ayn. temirni qizi-gʻida bosmoq q. temir.
Этимология
Yoqutchadaki ичигэс so‘zila o‘zakdosh erur.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0