ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

issiq

иссиқ

Ma’nolari

  1. Jism tarkibidagi mole-kulalar harakati (yonish, kimyoviy reaksiya va sh.k.) natijasida yuzaga keladigan va jismlarni qizdiradigan, isitadigan ki-netik energiya; issiqlik, harorat. Quyoshning issigʻi. Olovning issigʻi. n
  2. Kasallikda yuzaga keladigan (koʻta-riladigan) harorat; isitma. Oftob oyim erining soʻzini kuchlab tushdi: Issigʻi bor, yuzi ham qizarib, boʻrtib turibdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Issigʻim koʻpligidan suv ustiga suv ichar edim. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
  3. sft. Yuqori haroratli, biror manba harorati bilan isigan, qizigan; issiq holatli.
  4. sft. Issikdikni saqlaydigan, issiq tutadigan.
  5. Qozon ovqati, pishirilgan (is-siq) taom.
  6. sft. koʻchma Kishiga xush keladigan; yoqimli.
  7. Issiq joy (yoki oʻrin) Oʻzi yashayotgan, oʻzi oʻrgangan joy (oʻrin).

Misollar

Kelib chiqishi

Yoqutchadaki ичигэс so‘zila o‘zakdosh erur.

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish