Толковый словарь
kesmoq
кесмоқ
Значения
- Tigʻ bilan tanasi, etini tilmoq, tilib ichiga kirmoq.
- Tigʻli asbob bilan boʻlaklarga ajratmoq, boʻlaklamoq; qirqmoq.
- Ortiqcha, keraksiz qismni tigʻ bilan olib tashlamoq.
- Kanal, yoʻl qurish uchun yoki yer ochish maqsadida balandlikni kovlab, qazib, yorib, orasini ochmoq.
- Biror joyning oʻrtaroq qismidan, orasidan tikkalab yoʻl olmoq, yoʻnalmoq.
- Badanga (uning biror aʼzosiga) qattiq taʼsirini oʻtkazmoq (asosan, sovuq haqida).
- Oraga luqma tashlab, gapni boʻlmoq, toʻxtatmoq.
- Belgilamoq ( narxni).
- Jazoga hukm qilmoq.
- Pasaytirmoq, qaytarmoq, yoʻq qilmoq.
- kestirmoq 2.
Примеры
- Betini ustara kesmoq.
- Tovonini shisha kesmoq.
- Qoʻlingizga nima qildi, Shokirbek? - Pichoq kesib ketdi.. Yomon kesdimi? — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Nonni kesmoq.
- Qovunni kesmoq.
- Qazini kesmoq.
- Har vaqt maqtaydigan pichogʻini qinidan sugʻurib, tarvuzni kesdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Ziyodaxon shitob bilan ugra kesar ekan, unga [Sidiqjonga] bir qarab qoʻydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Tok kesmoq.
- Gul kesmoq.
- Odatda, kuchuk bolaning qulogʻini, dumini kesishadi. Chunki buning ularga foydasi bor. — Shukur Xolmirzayev — Ogʻir tosh koʻchsa
- Choʻloq boʻlib yurtimga qaytganimdan qaytmaganim beriroq emasmi?. Qarorim shu: oyogʻimni kesmaysizlar. — Nazir Safarov — Olovli izlar
- Ogʻrisa ham, yarani oʻz vaqtida kesib tashlagan yaxshi. — Asqad Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat
- Adirni kesib, yoʻl qurmoq.
- Oqboʻra olislik qilsa, togʻni teshib oʻtirmay, kesib oʻtkazardik [suvni]. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Hushi oʻziga kelgan Boʻta, birovning qoʻrgʻoniga bemahal moʻralab turganidan xijolat boʻlib, tolzorni kesib, orqasiga qaytdi. — Said Ahmad — Hukm
- Bular [jangchilar] shagʻal toʻkilgan katta yoʻlni kesib oʻtib, adirga tomon chiqib ketayotganda, botayotgan quyoshning horgʻin nuri roʻparadagi qorli togʻ choʻqqisini.. bir lahza qizartirdi-da, soʻndi. — Abdulla Qahhor — Oltin yulduz
- Kuchli izgʻirin.. quloqlarni kesadi, sovuqdan oyoqlarning barmoqlari uvushadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Keyin Yigitali, badanlarini suv kesib yubordi shekilli, erinibgina qirgʻoqqa chiqib.. chalqancha tushib yotdi. — D. Nuriy — Osmon ustuni
- Yoʻlchi hali gapini bitirmagan edi, Mirzakarimboy uni kesdi: -Bir terining ichida qoʻy necha ozib, necha marta semiradi, - dedi salmoqlanib boy. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Ulgurji savdogarlarga sotiladigan mollarning narxini Hoji Hamdam kesib berardi. — Mirkarim Osim — Elchilar
- Sud oʻgʻrini besh yilga kesdi.
- [Amaki Fotimaga:] Endi eshikdan bir qadam nari jilma, pichoqni toʻrt joyingga uraman.. Keyin, mayli, hukumating meni kesadimi, osadimi, nima qilsa qshshversin! — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Prokuror, otib oʻldirilsin, degan edi, sud.. yetti yilga Sibirga kesdi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz
- Kun misday qizib ketgan, faqat adir va soylardan kelgan shabada kunning taftini kesib, odamlarga orom berib turmoqda. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar
- Achchiqni achchiq kesadi degandek, dadasining bu soʻzlari tashqaridagi sovuqni kesdi shekilli, Suvonjon eshikni kuch bilan ochib, oʻzini boʻronning quchogʻiga otdi. — S. Anorboyev — Oqsoy
- Lekin mahallamizda gazeta oʻqiydigan bir "shumtaka" bor, u haromi: -Sultonbekdek bir davlatmand oʻz oʻgʻlini mavlud toʻyi bilan kesdi, deb gazetaga yozaman, - deydi. — Oybek — Tanlangan asarlarBir kesar - bir marta aytadigan, aytganini qiladigan yoki qildiradigan, bir soʻzli.
- -Juda bir kesar ekansiz-ku! - Qobilovning soʻzini boʻldi Farmonqul aka. — S. Mahkamov — Dala tongiYoʻlni kesmoq - toʻsqinlik qilmoq, gʻov boʻlmoq.
- -Faqat togʻni teshib chiqarasanlar, - deb hokim yoʻlimizni kesib qoʻydi.. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otgunchaTutgan joyini (yoki joyidan) kesmoq - oʻta oʻjarlik qilmoq, aytganida turib olmoq.
- ..Zulfiya Ziyayeva ham mana shunaqa, tutgan joyini kesadiganlardan. — "Mushtum"
- Otasi oʻz bilganidan qolmadi, onasi tutgan joyini kesdi. — I. Ahmedov, O. Tolipov — Kim aybdor?Qoʻlini kesmoq - yordamchisidan (imkoniyatidan) mahrum qilmoq.
- Bu gʻamlar yetmaganday, uning yagona koʻmakchisi boʻlgan shogirdini yaqinda boshqa bir usta aynitib olib, bechora cholning qoʻlini kesdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0