Толковый словарь
kinoya
киноя
Значения
- . Masxaralash, kulish uchun asl maʼnosidan boshqa, majoziy maʼnoda aytilgan soʻz, gap; qochirim, istehzo, piching, kesatiq ifodasi.
- . Uslubiy vosita; badiiy asardagi inkor etish usullaridan biri boʻlib, biror shaxs yoki narsa ustidan kesatiq, qochiriq vositasida yashirin kulishdan iborat.
Примеры
- Xoʻsh, sizcha nima qilish kerak, oʻqimishli akam! — dedi kinoya bilan Yoʻlchi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Saodatxonning.. yuzidagi jiddiylik oʻrnini gʻalati, kinoyaga oʻxshagan tabassum egalladi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Norboyevamisiz? Mehnatdan qochib kelibsiz-da, singlim, — Uning koʻzoynak orqasidagi koʻzlari kinoya bilan qisildi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Shodi Mudarrisovich.. iljayib turar, soʻzlarida hazil aralash kinoya ohangi bor edi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
Этимология
arab. – belgi; shama, ishora; piching, kesatiq
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0