Толковый словарь
mavj
мавж
Значения
- Suv yuzida shabadadan hosil boʻladigan jimir-jimir harakat; jimirlash.
- Okean yoki dengiz yuzasining toʻliq shamolsizlik holatidagi erkin tebranma harakati.
- Tovlanish, jilva.
- Oʻymakorlikda: naqsh yuzasiga baliq tangachalari koʻrinishida tushirilgan toʻlqinsimon bezak.
- kam qoʻll. toʻlqin.
- Mavj urmoq 1) mavj qilmoq, jimirlamoq, mavjlanmoq.
Примеры
- Ravi daryosi uzoqda, koʻm-koʻk mavj bilan sekin oqadi. — Oybek — Nur qidirib.
- Archalarning toza, yashil mavji nur bilan yarqirab ketdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Havoda odamlar, qushlar va mashinalar sadosidan birikkan qandaydir yoqimli bir mavj suzar edi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Dengiz mavj urmoqda; 2) toʻlqinlanmoq, tebranmoq.
- Daryo tomondan gʻirillab esib turgan shabada yoʻl boʻyidagi oʻt-oʻlanlarni egar, tebratar, sargʻayib borayotgan arpalar mavjurar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari 3) toʻlqinlanmoq, gʻulu qilmoq.
- Shikoyatli nidolar yosh yigit qalbida yolqinli va dardli tuygʻular mavj urganidan xabar berar edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Этимология
[ arab. — toʻlqin ]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0