Толковый словарь
muallaq
муаллақ
Значения
- Havoda, biror narsaga tegmay, osilmay turib qolgan.
- Muallaq oshmoq Sakrab havoda oyoqni bosh tomondan oshirib, yana yerga oyoq bilan tushmoq, umbaloq oshmoq.
- Na u yoqli, na bu yokli boʻlmagan, arosat holda(gi); arosat.
Примеры
- Hozirgina don ortib oʻtgan mashina orqasidan koʻtarilgan chang havoda muallaq turib qoldi. — S.Ahmad — Kadrdon dalalar.
- Bir bechora soʻfiturgʻay, tabiat kashf etgan oʻxshashliklarning farqiga yetmayotganday, havoda muallaq turib vijirlaydi. — N. Fozilov — Oqim.
- Birovi yiqildi muallaq oshib. — "Gulixiromon".
- Bu hammasi hayotning eng nozik, eng muhim tomonlari edi va hammasi muallaq bir ahvolda yotardi. — P.Qodirov — Uch ildiz.
- U qayoqqa yon bosishni bilmay, qoq oʻrtada muallaq boʻlib qoldi. — A.Ubaydullayev — Hayot oqimi.
Этимология
[ arab. - hal qilinmay qolgan; tobe, bogʻliq boʻlgan; osilgan, osilib qolgan ]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0