Толковый словарь
ona
она
Значения
- Farzandi yoki farzandlari boʻlgan xotin (oʻz tuqqan farzandlariga nisbatan); bolali xotin.
- Ona tili Bolaning goʻdaklikdan katta-larga taqlid qilib oʻrgangan tili, tugʻma til (odatda gapiruvchi shaxe mansub boʻlgan xalq tili). Onayi zor, onaizor Mehribon, gʻamxoʻr ona; onaning mushtiparligini, mushfiqligini, mehribonligini ifodalash shakli.
- Oila boshligʻi, tarbiyachisi.
- Keksa ayollarga hurmat yuzasidan ularning nomiga qoʻshilib ishlatiladi, maye.
- Keksa ayollarga hurmat bilan murojaat etish formasi.
- Bola tuqqan jonivor.
- Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi.
- Gapning onasi Gapning poʻskallasi, boʻlgan-turgani, haqiqati. -Otangizga rahmat, Yusvali togʻa! — dedi boshini qimirlatib Meli polvon. —
Примеры
- Koʻp bola,sh ona. Bola yigʻlamasa, ona emchak bermas. — Maqol.
- Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi. — Maqol. n
- Qiz ertalab turib, darrov onasiga razm soldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Onayi zor emasmi, ustunni ushlagancha.. bola-sining tovushi kelayotgan tomonga termilib qoldi. — Oydin — Mardlik — mangulik.
- Tosh-kentdan kelgan xat onaizor yuragiga gʻulgʻula soldi. — Mirmuhsin — Umid.
- -Bolam, — dedi-yu, onaizor yana olamga tinchlik tilaydi: -Ona-lar.. gʻam chekmasin, osmonimiz musaffo boʻlsin. Onang urgilsin q. oʻrgilmoq. Onasi etn. Erning oʻz xotiniga uning ismini aytmay murojaat etish shakli.
- Hoy, onasi, suyunchini choʻz. — E. Rahim — Yangi qadam. Qayin ona ayn. qaynana. Qahramon ona Unta va undan ortiq bola tugʻib voyaga yetkazgan onalarga berila-digan faxriy unvon.
- Bularuchun alohida qozon osilarmidi. Siz hammasining onasi, u kishi — ota. Usta bolani juda yaxshi koʻradilar. — A. Qahhor — Tomoshabogʻ.
- To-jixon ona, Norjon ona.
- Toychoqning onasi. Ona qoʻy. Yaxshi buzoq ikki onani emar. — Maqol.
- yash Ona ari urugʻlagandan keyin bir sutkada 1500—2000 tagacha tuxum qoʻyadi. — "Fan va turmush".
- Yer — hayotning onasi.
- Gapning naq onasini ayt-dingiz-qoʻydingiz. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Ona Vatan (yoki yurt) Kishi tugʻilib oʻsgan, u-ning uchun muqaddas sanalgan mamlakat.
- Yana koʻngli ona yurtini, baland togʻlar, koʻm-koʻk yaylovlarni qoʻmsab, bagʻrini zax yerga berib yotib oldi. — S. Anorboyev — Hamsuhbatlar. Ona suti ogziga keldi q. ogiz.
- Voy-voy, Gulnora singlingni Azizboynikidan olib chiqqunimcha naq ona sutim ogʻzimga keldi. — N. Safarov — Sharq tongi. Ona sutiday pok (yoki halol) Hech qanday nopoklik, qalbakilik aralash-magan, kishining oʻz peshona teri evaziga kelgan.
- Pulni osadim, mingmarta roziman, sizga ona sutiday halol boʻlsin. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Ona tuproq Kishi tugʻilgan joy.
- Keyin bilsam, xuddi oʻsha bir quloch yer mening ona tuprogʻim ekan. — A. Obid-jon — Akang qaragʻay Gulmat. Ona xalq Kishining oʻzi mansub boʻlgan xalqi.
- Bechora emas, yoʻq, koʻngli sutday pok, ammo koʻp jabru jafo chekkan mening ona xalqim bugun maʼnaviy madadga juda-juda tashna. — Gazetadan. Ona qizim Erkalatish, alqash maʼ-nosida qoʻllanadigan ibora.
- Shunday ekan, men senga yomonlikni ravo koʻrmasman, ona qizim. — T. Ashurov — Oq ot. Onadan tugʻma boʻ-lib Har qanday kasallikdan yoki balo-qazolardan xoli boʻlib, aslidagiday; sogʻ-lom, hech narsa koʻrmaganday.
- Buoʻzgarishdan keyin onadan tugʻma boʻlib, yengil tortdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Onasi oʻpmagan qiz Begona qoʻl tegmagan, pok, iffatli qiz; bokira.
- Puling boʻlsa, onasi oʻpmagan malika qizlar sanga quchoq ochadi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Onasini koʻrsatmoqTaʼzirini bermoq, jazolamoq.
- Ustozim ikkimiz la-boratoriyaga oʻtib olib, shunaqangi sehrli dorilar yasaylikki, ey iblis, endi onangni uchqoʻrgʻondan koʻrasan. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0