ball.uz
Вернуться к словарю

Толковый словарь

rezina

резина

Значения

  1. Kauchukni vulkan-lash yoʻli bilan olinadigan elastik mah-sulot va undan tayyorlangan narsa, buyum.
  2. Rezina - (lotin. resina - qatron, smola demakdir) - kauchukni vulkanlab olinadigan elastik materialdir. Vulkanlash darajasiga muvofiq rezinalar yumshoq, yarimqattiq va qattiq (ebonit) turlarga bo'linadi. Rezina buyumlarining soni 30 mingdan ziyoddir, bu uning ko'p sohalarda ishlatilishidan dalolat beradi.
  3. antistatik rezina - elektr o'tkazuvchi rezinaga qarang.
  4. elektr o'tkazuvchi rezina - yuqori o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan rezina bo'lib, elektrstatik zaryad to'plamaydi.
  5. ko'pikli rezina - ochiq kavoklarga ega g'alvirak rezina bo'lib, lateksli aralashmalarni ko'pirtirib, keyin vulkanlab olinadi.
  6. mikrog'ovakli rezina - aralash xarakterga ega bo'lgan g'ovakli g'alvi¬rak rezina bo'lib, kavak hosil qiluvchi modda qo'shilgan rezina aralashmasidan va ko'pirtirilgan lateksli aralashmadan olinadi.
  7. moybenzinga chidamli rezina - doimiy surkov moylari va benzinlar ta'siriga chidamli kam bo'kuvchan va kam eruvchanlik xossaga ega bo'lgan rezina.
  8. g'alvirak rezina - lateks yoki kavak hosil qiluvchi modda qo'shilgan kauchukdan olinadigan g'ovakli material.
  9. g'ovak rezina - katta va bir-biri bilan tutash bo'lgan g'alvirak rezina bo'lib, rezina aralashmasiga kavak hosil qiluvchi modda qo'shib olinadi.
  10. o'rtaqattiq rezina - qattiqligi ebonitnikidan kam, lekin yumshoq rezinadan yuqori bo'lgan rezina.
  11. yumshoq rezina - yuqori elastiklikka va nisbatan pastroq qattiqlikka ega bo'lgan rezinadir.

Примеры

Этимология

lot. resina — qatron (smola) < yun. retine — yogʻoch qatroni

Источник: Викисловарь

Просмотров: 0

Написание в орфографическом словаре