Izohli lug‘at
rezina
резина
Ma’nolari
- Kauchukni vulkan-lash yoʻli bilan olinadigan elastik mah-sulot va undan tayyorlangan narsa, buyum.
- Rezina - (lotin. resina - qatron, smola demakdir) - kauchukni vulkanlab olinadigan elastik materialdir. Vulkanlash darajasiga muvofiq rezinalar yumshoq, yarimqattiq va qattiq (ebonit) turlarga bo'linadi. Rezina buyumlarining soni 30 mingdan ziyoddir, bu uning ko'p sohalarda ishlatilishidan dalolat beradi.
- antistatik rezina - elektr o'tkazuvchi rezinaga qarang.
- elektr o'tkazuvchi rezina - yuqori o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan rezina bo'lib, elektrstatik zaryad to'plamaydi.
- ko'pikli rezina - ochiq kavoklarga ega g'alvirak rezina bo'lib, lateksli aralashmalarni ko'pirtirib, keyin vulkanlab olinadi.
- mikrog'ovakli rezina - aralash xarakterga ega bo'lgan g'ovakli g'alvi¬rak rezina bo'lib, kavak hosil qiluvchi modda qo'shilgan rezina aralashmasidan va ko'pirtirilgan lateksli aralashmadan olinadi.
- moybenzinga chidamli rezina - doimiy surkov moylari va benzinlar ta'siriga chidamli kam bo'kuvchan va kam eruvchanlik xossaga ega bo'lgan rezina.
- g'alvirak rezina - lateks yoki kavak hosil qiluvchi modda qo'shilgan kauchukdan olinadigan g'ovakli material.
- g'ovak rezina - katta va bir-biri bilan tutash bo'lgan g'alvirak rezina bo'lib, rezina aralashmasiga kavak hosil qiluvchi modda qo'shib olinadi.
- o'rtaqattiq rezina - qattiqligi ebonitnikidan kam, lekin yumshoq rezinadan yuqori bo'lgan rezina.
- yumshoq rezina - yuqori elastiklikka va nisbatan pastroq qattiqlikka ega bo'lgan rezinadir.
Misollar
- Dagʻal rezina. Rezina etik, n
- Emin qaradi: avtomatchi nemislar daryoning kun chiqish qirgʻogʻidan rezina qayiqda shu tomonga toʻp-pa-toʻgʻri bosib kelayapti. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Qoʻshnisinikidan oʻn besh metrli rezina shlang opchiqib berdi. — S. Ahmad — Say-lanma..
Kelib chiqishi
lot. resina — qatron (smola) < yun. retine — yogʻoch qatroni
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0