Толковый словарь
sayin
сайин
Значения
- koʻm. (b. k. bilan) 1 =gan affiksli sifatdoshlar bilan kelib, ish-harakatning tobora kuchaya borishini bildiradi.
- Borgan sayin Borgan sari, tobora.
- Vaqt bildiruvchi soʻzlar bilan kelib, ish-harakatning tadrijiy rivojlanishini yoki takrorlanishini bildiradi.
- Unga sayin Biror holatdan ruxlana yoki oʻchakisha borib.
Примеры
- Sherzod boshqa xonadagi bemorlarning unga hasad bilan qarayotganini sezar, sezgan sayin gʻashi kelar edi. Oʻ. — Hoshimov — Nur borki, soya bor.
- Qizining qiynalayotganini koʻrgan sayin Basraning kasali zoʻriqardi. — R. Rahmon — Mehr koʻzda.
- Qorongʻilik quyuqlasha borar, koʻkdagi yulduzlar chamani ham borgan sayin yorqinroq chaqnar, havo badanga sezilarli sovir edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yil sayin. Soat sayin. Kun sayin.
- Kun sayin ozadi yuragim, Kun sayin vujudim semirar. — Sh. Rahmon — Yurak qirralari.
- Har safar raqibining toʻriga (setkasiga) toʻp tushirganida, boyagi qiz quvonib qarsak chalar, unga sayin Rustam yaxshiroq oʻynar edi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0