Толковый словарь
sayoz
саёз
Значения
- sifat Uncha chuqur boʻlmagan, chuqur emas (daryo, koʻl, ariq va shu kabi haqida).
- Yuzalab, chuqurlashmasdan.
- Mazmunan siyqa, yuzaki, gʻoʻr.
Примеры
- Hali yomgʻirlar boshlanmagani uchun, anhor suvi tiniq, lekin toshlari koʻrinib turgan sayoz chekkalari shishaday rangsizu, chuqur joylari koʻkimtir-yashil. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Biz, bir eshelon soldat, bepoyon dashtga tushib, sayozgina daryo boʻyida chodir tutib yotardik. — O. Yoqubov — Izlayman.
- Boshliq, bir kolxoz traktorchisi oʻn uch gektar yerni sayoz haydagani uchun sud uni qayta tekinga haydab berishga.. hukm chiqarganligini aytib berdi. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Sayoz oqqan daryo shagʻillaydi, deganlaricha bor ekan. — S. Karomatov — Hijron.
- Xomxatala asarlarga, gʻoyaviy-badiiy sayoz buyurtmalarga chek qoʻyish vaqti allaqachon keldi. — Gazetadan.
- [Salimxonning] ilmi juda sayoz, faqat qaqillab gapirishi bor.. — Mirmuhsin — Umid.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0