Толковый словарь
shayton
шайтон
Значения
- Odamlarni din yoʻlidan oz-diruvchi, ularni gunohga, jinoyatga, razo-latga boshlovchi yovuz ruh yoki yovuz ruhlar-ningboshligʻi; iblis.
- Ayyor, quv odam; aldamchi.
- Shoʻx, oʻynoqi.
- Noumid — shayton Inson doim umid, yaxshi niyat bilan yashashinq, umidsizlan-maslikni qayd etuvchi, shunga daʼvat etuv-chi ibora.
Примеры
- Ey ulugʻ shoh, buyoʻldan qayt, shayton vasvasasiga uchma, keyin pu-shaymon boʻlib yurma.. — "Oltin beshik".
- Boyni ham shayton yoʻldan urgan. — K. Yashin — Hamza.
- Ibodat qilmaslik umuman gunoh emas, lekin ibodat qilmagan kishi, shaytonning gapiga kirib qilmagani uchun, gunoh hisoblanadi. — A. Qahhor — Qabrdan tovush.
- -Obbo, qizitaloq. Shaytonning domlasi ekan-a! Zakunchilarning koʻpi shunaqa boʻladi, — dedi Tantiboyvachcha papirosini tortib. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Anavi magazinchi bor-ku. Oʻlgudek shayton.. — R. Fay-ziy — Choʻlga bahor keldi.
- Qiz bola shayton boʻladi-da, tavba, boʻy-basti choʻzilib, rost-dan ham, suqsurdek qiz boʻlibdi. — Sh. Toshma-tov — Erk qushi.
- -Ha, shayton qiz, — dedi Oʻrinboy, — shu yerda ham qoʻymaysan-a? Oy-din, Kelin oʻgʻil tugʻibdi.
- Bizning Avazga oʻx-shagan bitta shaytonrogʻi "Yigirma ol-tinchisi otilmasin!" deb qiyqiradi. — S. Siyo-yev — Yorugʻlik.
- Diydor koʻrishamiz, noumid — shayton! — I. Rahim — Chin muhabbat.
- -Qoʻying, noumid — shayton, — Oyshabonu eriga taskin bergan boʻldi. — H. Gʻulom — Mashʼal. Shayton arava s.t. esk. ayn. velosiped.
- Yirtiq-yamoq kiyim bilan oʻsgan oʻgʻillari shayton aravada oʻtib, atrof mahalla bolalarining koʻzlari-ni oʻynatdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Shayton yigʻisi Yolgʻondakam, yoʻliga boʻla-digan yigʻi.
- Ozgina "shayton yigʻisi" qil-maguningcha, ish oʻnglanmaydi. — A. Qodiriy — Uloqda.
- U buni "uzatiladigan qizlarning shayton yigʻisi" deb tushundi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Shaytonga hay bermoq Bi-ron xatgi-harakatdan oʻzini tiymoq, oʻzini bosmoq.
- [Hayitjon.] Aybmas, xoʻp andisha qilgin, shaytonga hay bergin, bu kunlar ham oʻtar. — Hamza — Paranji sirlari.
- Bir toʻpo-lon chiqazib, obroʻsini uch pul qilay dedim-u, yana shaytonga hay berdim. — "Mushtum". Shay-toni zoʻr (yoki kuchli) Shoʻxligi ("shayton-ligi") tez va kuchli qoʻzgʻaladigan, shunday xususiyatli.
- Yana kim bilsin, bu qizlarni! Ularning shaytoni zoʻr boʻladi, deyishadi. — I. Rahim — Chin muhabbat. Shaytoni qoʻzimok "Shaytoni" qoʻzgʻamoq, jini tutmoq. [Xoli-da |
- Qoʻl choʻzsa yetguday joyda bekinib yotgan akasi bilan Munavvarni koʻrmadi. Munav-varning shaytoni qoʻzib: -Etagidan tort!, — dedi Yoʻldoshga. — S. Anorboyev — Mehr.
Этимология
a. شَيْطَان — iblis; jin, ajina
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0