Толковый словарь
sistema
система
Значения
- Ish-harakat, turli jarayon va shu kabilarda qismlarning oʻzaro joylashishi va bogʻliqligidagi tartibot, tizim.
- Narsa, hodisa va tushunchalarning tasnifi.
- Biror taʼlimotda asos boʻlgan qoidalar, qarashlar, tamoyillar majmui.
- Biror ish metodlari, tartib-usullari majmui.
- Qonuniy tartibda joylashgan va oʻzaro uzviy bogʻlangan qismlardan, elementlardan tarkib topgan butunlik.
- Vazifalariga koʻra bir xil yoki tashkiliy jihatdan bir butun boʻlib birlashgan tashkilotlar yoki muassasalar majmui.
- Bir maqsad, ayni bir ish, vazifani bajarish uchun belgilangan moslama, mashina, mexanizm va shu kabilardan tarkib topgan yaxlit texnik qurilma.
- Biror ishni tashkil etish, uyushtirish yoki amalga oshirish shakli, prinsipi.
- Ijtimoiy tuzum, ijtimoiy qurilish shakli.
- Meʼyoriy, odatiy, muntazam tusga kirgan, shu tarzda amalga oshadigan ish-harakat, jarayon.
Примеры
- Linneyning botanik sistemasi.
- Dekartning falsafiy sistemasi.
- Davolash sistemasi. Taʼlim-tarbiya sistemasi. n
- Taʼlim-tarbiya saviyasini oshirishda kabinet sistemasiga oʻtish oʻzining afzalliklarini koʻrsatayotir. — Gazetadan.
- Tilning tovush sistemasi. Terminologik sistema. Qon tomirlar sistemasi. n
- Maʼlumki, zamin Yer sayyorasi Quyosh sistemasida koinotning bir kichik boʻlagi sifatida paydo boʻldi va taraqqiy etdi. — Gazetadan.
- Olimlarning yakdillik bilan aytishlaricha, markaziy nerv sistemasi gʻoyat nozik nerv hujayralaridan iborat. — "Saodat". Elementlar davriy sistemasini yaratgan Mendeleyev universitetga kirish uchun bir necha marta uringan, lekin har safar.. ximiyadan "yiqilgan". "Fan va turmush".
- Xalq maorifi sistemasi. Fanlar akademiyasi sistemasi.
- Isitish sistemasi. Energetik sistema. Sugʻorish sistemasi. n
- Uning tashabbusi bilan bogʻcha gazlashtirildi, qishda bugʻ bilan isitish sistemasiga oʻtkazildi. — Gazetadan.
- Saylov sistemasi. Mehnatga haq toʻlash sistemasi.
- Ertalabki gimnastika oʻziga xos sistemaga aylandi.
Этимология
yun. systema — yaxlit; qism-lardan tarkib topgan
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0