Толковый словарь
tarjima
таржима
Значения
- Bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi.
- Bir tildan boshqa tilga agʻdarilgan matn.
- Tarjima qilmoq Bir tildagi matnni boshqa tilga ogʻzaki yoki yozma holda agʻdar-moq, oʻgirmoq.
- Tarjimai hol Kishining oʻz shaxsiy hayoti va faoliyati haqida yozilgan bayon; avtobiografiya.
Примеры
- Erkin tarjima. Soʻz-ma-soʻz tarjima. Badiiy tarjima. Tarjima nazariyasi. yash Nihoyat, asar tarjimasi borasidagi ishimiz oxirladi. — Gazetadan.
- Lermontov sheʼrlarining birinchi tarjimasi 1920 yillarning oxiriga toʻgʻri keladi. — "Sao-dat".
- Tarjima tayyor boʻlgach, muallif u bilan tanisha boshladi. — Gazetadan.
- Tarjimada-gi soʻzlar, iboralar, jumlalar bir-biriga taʼsir koʻrsatib, jozibali maʼno kasb eta-di. — X. Yodgorov — Hayot toʻlqinlari.
- Keyinchalik Bagʻdodga borib, qadimgi yunon olimlarining falakiyotga oid asarlarini tarjima qildilar va ilmiy sharhladilar. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Bolalar-dan ruschani sal-pal tushunadiganlari bosh-qalariga tarjima qilib berishdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Shoirning tarjimai holi. Tarjimai hol yozmoq. yash Abdukarim aka Bo-tirali qarshisida maʼyus oʻtirib, kutil-maganda oʻz tarjimai holini soʻzlab ketdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
Этимология
[a. — bir tildan ikkinchi bir tilga agʻdarish, oʻgirish; izohlash, sharhlash; biografiya]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0