Толковый словарь
tasalli
тасалли
Значения
- Yupantiruvchi, taskin beruvchi gap-soʻz, xatti-harakat va sh.k.
- Tasalli bermoq; Yupatuvchi gap-soʻz aytmoq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yoʻllar bilan yupantirmoq, taskin bermoq.
- Tasalli topmoq; Koʻngli tinchlanmoq, taskin topmoq.
Примеры
- Yengil esgan shabadadanmi yo brigadirning tasallisi kor qildimi, har qalay, raisning chehrasi bir oz yorishdi. — X. Ergashev. —
- Tadbirkor rais. Men haqiqiy qishloq oqsoqollarining soʻzini eshitdim. Mening uchun yurak amri bilan aytilgan bu soʻzlar tasalli edi. — N. Safarov — Olovli izlar.,
- Shu topda.. yigitchaga nimadir deb tasalli bergisi keldiyu, soʻz topolmadi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Omon unga yaqinlashdi, yelkasiga qoʻlini tashlab, tasalli berdi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Shu gapni aytsa, koʻngli allaqanday tasalli topardi. — Sh. Xolmirzayev — Ogʻir tosh koʻchsa.
- Yigit sheʼr yozib, oʻzini bir yaproqqa, qizni bir tomchiga oʻxshatib, koʻngli ancha-muncha tasalli topadi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
Этимология
arab. – tinchlantirish, yupatish; xushnudlik, xotirjamlik
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0