Толковый словарь
tiqilmoq
тиқилмоқ
Значения
- Tiqmoq fl. oʻzl. va majh. n.
- Loy yoki yumshoq joyga botib qoʻz-gʻalolmay, yurolmay qolmoq.
- Top, ziqjoydan oʻrin olmoq, joylash-moq.
- Biror narsa yoki kimsaga yopishmoq; zich, tirband narsa yoki odamlar orasidan joy olmoq. Eski kir choponni kiygach, ayvonga chiqdi, oʻhoʻ-oʻhoʻlab yoʻtalgancha, tanchaga tik,ildi. Oybek, Ulugʻ yoʻl. Nurini naq mozoristonda yolgʻiz qolgan kabi bir vahima bosdi, rangi oʻchib, kampirning pinjiga tikildi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Koʻp miqdorda va zich, tigiz joylash-gan holatda boʻlmoq. Mana, bir tomondan deraza oʻrniga tuynuk ochilgan kichkina qorongi uyda oʻn-oʻn besh chogʻli xotin oʻtiribdi. Ular eski, lekin ozodagina koʻrpa yopilgan sandal atrofiga tikilishib, sekin-sekin suhbat-lashishardi. S. Zunnunova, Gulxan.
- Juda koʻp miqdorda boʻlmoq, moʻl-koʻl boʻlmoq.
- Tomoqdan oʻtmay toʻxtab qolmoq.
- Boshqalarning gapi, suhbati va shu kabilarga aralashmoq, suqilmoq.
- Joni halqumiga tiqilmoq ayn. joni halqumiga kelmoq q. jon 1.
Примеры
- Shisha ogʻziga poʻkak tiqilgan. Qopga un tiqildi. n
- Xurjunning bir koʻzida tugun, bir koʻzida oʻrab tiqilgan jun qoplar. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Goʻrga tiqilgur ochofatlar, mol talashib, sandiqni ham sindirishdi. — I. Ra-him — Chin muhabbat.
- Mashina kichik bir ariqqa tiqilib qoldi. n
- Oti loyga tiqilgan navkarlardan biri Tohir edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Arava loylarga tiqilaverib, jonimizdan toʻydirdi. — P. Kodirov — Yulduzli tunlar.
- Aʼzam uch-toʻrt kun koʻchada bosh urgani joy topolmay.. daydib yurgach, shahar cheti-dagi koʻrimsizgina bir masjid qorovulining mol bogʻlasa turmaydigan hujrasiga borib tiqildi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar. Mana, hozir yaralangan boʻridek kavakka ti-qilib oʻtiribdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina. Semiz11
- igidan partaga tiqiliboʻtir-gan bir kishi tomoq qirib, moʻylovini burab qoʻydi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Eshik oldida odamlar orasiga tiqilib, Bozorboy ham oʻtirgan ekan.. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Magazinda xohlagan narsang tiqilib yotibdi. n
- -Tut meva qiladi-ku, otajon. Kurtlar tol bargini yeya kolsin, ariq boʻyida tiqilib yotibdi-ku, — degandi qiza-loq. — Y. Muqimov — Ipaktolasi.
- Uning tomogʻiga non tiqilibdi. sht Safarov., mush-tining qirrasi bilan uning kekirdagiga tushirdi. Yoʻgʻon kishi chalqancha yiqildi va soʻyilgan tovuqday tipirchilab, suyak titsil-gan itday xirillay boshladi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- [Oʻrinboyev] Shuncha qattiq gapirgani bilan, xuddi tomogʻiga don tiqilgan xoʻrozdek, ovozi chiqmaydi. — A. Mu-hiddin — Toʻgʻri taʼbir.
- Bu ishga sen tiqil-ma. m
- Ikkinchi navkar yaqin kelib, boʻynini choʻzib tiqildi: -Siz kimsiz? Nega taslim boʻlamiz? — soʻradi u. — Oybek — Navoiy.
- Agarhar yil ja-sorat koʻrsatamiz desak, jonimiz halqu-mimizga tiqilishi mumkin. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli. Nafasi tiqilmoq yoki nafasi ogʻziga (yoki boʻgʻziga, halqumiga) ti-qilmoq Nafas olishi ogʻirlashmoq (maʼlum sabab taʼsirida). ..sugʻdlarning ashaddiy dush-mani boʻlgan Eron shohi va uning qora niyat-lari toʻgʻrisida gapirar ekan, gʻazabdan nafasi siqilar, koʻzlari oʻt sochar edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi. Yoʻq, jonim, yoruq-qina ayvon tuzuk menga, uyda nafasim ti-qilib ketadi. Oybek, Ulugʻ yoʻl.
- Tez yurib kelganlaridan boʻlsa kerak, nafaslari ogʻzi-lariga tiqilib, hars-hars qilardilar. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- -Kumqishloqqa yubo-rilgan yigitlar qirilibdi, — dedi Bek nafasi boʻgʻziga tiqilib. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Bektemirning lablari qovjiragan, nafasi halqumiga tiqilgan, ogʻir hansirardi. — Oybek — Quyosh qoraymas. Pinjiga tiqilmoq Shaxsiy manfaat, gʻarazli maqsad bilan kimsaga yaqinlashmoq.
- Yer-suvli odamlar.. qiynalib qolsalar, darrov ularning pinjiga tiqilar yo oʻrtaga kishi qoʻyib, yerni tezroq oʻz qoʻliga oʻtkazishga tirishar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Oʻpkasi halqumiga (yoki ogʻziga) tiqilmoq q. oʻpka.
- Butun vujudini larzaga solgan titroq paydo boʻldi. Oʻpkasi halqumiga tiqilib, nafasi qisildi. — M. Xayrullayev — Tilla marjoy.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0