Толковый словарь
tuhmat
туҳмат
Значения
- . Birovni ayblash yoki qoralash maqsadida oʻylab chiqarilgan asossiz daʼvo; boʻhton.
- . Ortiqcha tashvish, dardisar.
- Xizmatga tuhmat Kimsaga xizmat, yaxshilik qilib, oxiri aybdor boʻlib qolish yoki oʻziga tashvish, dardisar orttirish; yaxshilikka yomonlik.
- Quruq tuhmat 1) oshkor-oydin tuhmat.
Примеры
- Tuhmat qilmoq. Tuhmat yogʻdirmoq. Tuhmat tosh yoradi, Tout yormasa, bosh yoradi. — Maqol.
- Nega eringga xat yozmaysan? -Voy bundan boʻlak ham tuhmat bormi? Nega xat yozmas ekanman. — A. Qahhor — Xotinlar.
- Uying kuygurda ikki oy qadar ishladim. Keyin haydadi. Boshimga qancha tuhmatlar ortdi yana. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shoshib turganimda, sen ham tuhmat boʻlding menga.
- [Mehri:] Dadang shu toʻngʻiz qoʻpkurning zavodida qancha yil ter toʻkdi. Boy, xizmatga tuhmat qilib, dadangni uch oy qamattirdi. — Z. Said — N. Safarov, Tarix tilga kirdi.
- Toʻgʻrisini aytsam, siz bu toʻgʻrida bir narsa bilasiz, lekin soʻzlashga Shokirbekdan choʻchib turasiz! — dedi usta. Quruq tuhmatni qoʻyingchi! — dedi usta Farfi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. 2) ortiqcha tashvish, gʻalva, dardisar.
- E, xudoyim-yey, qanaqa quruq tuhmatga qoldim-a! — S. Ahmad — Hukm.
Этимология
arab. — ayblash, ayblov
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0