Толковый словарь
tumshuq
тумшуқ
Значения
- Qushlarning ogʻzi bilan bi-rikkan, choʻqish va zarb berish uchun xizmat qiladigan oʻtkir uchli shoxsimon aʼzosi. Tovuqning tumshugʻi. v Laylakning boʻyi novcha, tumshugʻi bor tarnovcha. Uygʻun. Qush-chaning juvoldiz uchiday tumshugʻi salgina ochilishi bilan jilgʻani kuchli ovoz tutdi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Hayvonlar boshining old (ogʻiz, burun tomon) qismi. Choʻchqaning tumshugʻi. n Yelib-yoʻrgʻalab ketayotgan toʻriq dafʼatan tum-shugʻini baland koʻtarib, qattiq kishnadi. S. Anorboyev, Oqsoy. "Tarzan" boyagiday buy-ruqni bajarib, qand "mukofot" olgisi kel-dimi, saxiy egasining oyogʻiga yalpoq tumshugʻini surkadi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmokdar.
- s. t. dagʻl. Aft-bashara; kalla, bosh-ning yuz, bet tomoni. Poshsha xola.. kuyovning tumshugʻi oldida ombur qilib qisilgan bar-moqlarini oʻynata boshladi. D. Nuriy, Osmon ustuni. U [Madaminxoʻja] borib, mut-taham qozining tumshugʻiga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgiyei keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Biror narsa, buyum va shu kabilarning oldinga chiqib turgan qismi, burni. Kema-ning tumshugʻi. Miltiqning tumshugʻi. m Xoliq koʻzlab turib, ogʻir etigining tumshu-gʻi bilan bir tepdi. H. Nazir, Choʻl havosi. Poʻlat qush tumshugʻini choʻza-choʻza, osmonga koʻtarildi. N. Safarov, Olovli izlar. Ularning biri sumkadan oyna qutiga oʻxshash narsani oldi-da, mashinaning tumshugʻiga qoʻydi. Mirmuhsin, Supurgiga sajda.
- Tumshuq tiqmoq (yoki suqmoq) Biror ish, narsaga aloqasi boʻlmagan holda, oʻrinsiz aralashmoq. Birinchidan, meni afandixon de-mang. Ikkinchisidan, tushunmagan ishingizga tumshugʻingizni suqmang! S. Ahmad, Hukm.
Примеры
- Bu ishga uning tumshuq tiqmasligini iltimos qilishganda.. — Mirmuhsin — Chodrali ayol. Ra-suljon oʻzining bevosita vazifasi qolib, boshqalarning ishiga tumshugʻini tiqadi. J. Abdullaxonov, Xonadon. Tumshugʻi (yoki qo-voq-tumshugʻi) osilmoq (yoki choʻzilmoq) Aft-basharasi xafalik, norozilik va shu kabilarni ifodalovchi tund holatli boʻlmoq. Mengli-boyning tumshugʻi osildi. "Mushtum". Tergov-chi Hamdam Yoʻldoshev, qovoq-tumshugʻi osilib, ularni xonasiga boshlab kirdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina. Soʻnggi gap yoqmadi she-killi, tumshugʻi choʻzilib ketdi. Oydin, Hi-koyalar. Tumshugʻi ostida (yoki tagida) Shun-doqqina oldida, yonginasida. Agar tumshu-gʻining ostida nimalar boʻlayotganini koʻr-masa, unda u latta!"Sharq yulduzi". Qayno-na shundoq Yigitalining tumshugʻi ostiga kelib, gulduroq ovoz bilan bir kulib qoʻydi.. D. Nuriy, Osmon ustuni. Poyezddan tush-gandan keyin tumshugʻimiz tagida ekansan-ku, biz boʻlsak qayoqlarga borib yuribmiz. E. Raimov, Ajab qishloq. ..koʻchada turgan mi-litsionerning tumshugʻi tagidan koʻcha hara-kati qoidasini buzib oʻtib ketgan-ku.. I. Kalandarov, Shoxidamas, bargida. Tumshugʻi-dan ilinmoq Qoʻlga tushmoq.
- Nihoyat, qingʻir koʻchaga kirgan yoshlar tumshuqlaridan ili-nishdi. — Gazetadan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0