ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

tumshuq

тумшуқ

Ma’nolari

  1. Qushlarning ogʻzi bilan bi-rikkan, choʻqish va zarb berish uchun xizmat qiladigan oʻtkir uchli shoxsimon aʼzosi. Tovuqning tumshugʻi. v Laylakning boʻyi novcha, tumshugʻi bor tarnovcha. Uygʻun. Qush-chaning juvoldiz uchiday tumshugʻi salgina ochilishi bilan jilgʻani kuchli ovoz tutdi. S. Anorboyev, Oqsoy.
  2. Hayvonlar boshining old (ogʻiz, burun tomon) qismi. Choʻchqaning tumshugʻi. n Yelib-yoʻrgʻalab ketayotgan toʻriq dafʼatan tum-shugʻini baland koʻtarib, qattiq kishnadi. S. Anorboyev, Oqsoy. "Tarzan" boyagiday buy-ruqni bajarib, qand "mukofot" olgisi kel-dimi, saxiy egasining oyogʻiga yalpoq tumshugʻini surkadi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmokdar.
  3. s. t. dagʻl. Aft-bashara; kalla, bosh-ning yuz, bet tomoni. Poshsha xola.. kuyovning tumshugʻi oldida ombur qilib qisilgan bar-moqlarini oʻynata boshladi. D. Nuriy, Osmon ustuni. U [Madaminxoʻja] borib, mut-taham qozining tumshugʻiga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgiyei keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
  4. Biror narsa, buyum va shu kabilarning oldinga chiqib turgan qismi, burni. Kema-ning tumshugʻi. Miltiqning tumshugʻi. m Xoliq koʻzlab turib, ogʻir etigining tumshu-gʻi bilan bir tepdi. H. Nazir, Choʻl havosi. Poʻlat qush tumshugʻini choʻza-choʻza, osmonga koʻtarildi. N. Safarov, Olovli izlar. Ularning biri sumkadan oyna qutiga oʻxshash narsani oldi-da, mashinaning tumshugʻiga qoʻydi. Mirmuhsin, Supurgiga sajda.
  5. Tumshuq tiqmoq (yoki suqmoq) Biror ish, narsaga aloqasi boʻlmagan holda, oʻrinsiz aralashmoq. Birinchidan, meni afandixon de-mang. Ikkinchisidan, tushunmagan ishingizga tumshugʻingizni suqmang! S. Ahmad, Hukm.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish