Толковый словарь
vayron
вайрон
Значения
- \f. jhj vayron yiqiq, buzuq, xa-rob| 1 Buzilib, qulab, xarobaga aylangan (uy-joy, imorat va b. qurilmalar, quril-mali joylar haqida).
- Umuman, buzilgan, singan va b. jihatdan yaroqsiz holdagi narsa haqida.
- Koʻngli (yoki qalbi, dili) vayron Ruhan, qalban juda nochor, ezilgan holatli, koʻngli buzilgan.
Примеры
- Uch kundan keyin, ular kelganda, qishloq vayron boʻlgan, baʼzi bino-lari hamon buruqsab yonardi. — Shuhrat — Shi-nelli yillar.
- Bir qultum suv uchun xonasi vayron, Qiiyugʻin tark etib, adashardi el. — Gʻayratiy.
- Yogʻdi toʻrt yondin asrlar Boshingga tiyri kamon, Umri qurbon, mulki toroj, Yurti vayron, oʻzbegim. — E. Vohidov — Oʻzbegim.
- Ustboshi vayron, yuz-koʻzlari qon.. sochlari toʻzgʻib ketgan Shahzodaxon tongotarga yaqin "gʻit" etib eshikni ochib, hovliga chi-qib, boʻlib oʻtgan dahshapii hodisadan uyda-gilarni xabardor qildi. — K. Yashin — Hamza.
- Zulmu istibdod ila millatni vayron et-dingiz. — Avaz.
- Ayroningdan bermasang, Qozon-laring vayrondi. — "Boychechak".
- Xususan, yaqinda eshitgan xunuk bir xabarni xotirlab, Avazning koʻngli vayron boʻldi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Vayron diling boʻlgʻusi bir lutf ila obod. — "Guldasta".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0