Толковый словарь
vosita
восита
Значения
- Biror maqsadga erishish yoki biror ishni amalga oshirish uchun dastak boʻlib xizmat qiladigan narsa, qurol.
- Umuman, biror narsani amalga oshirish uchun xizmat qiladigan, foydalaniladigan narsa, omil.
- (oʻ.-p. k. da — vositasida) koʻm. vazifasida. Orqali, tufayli.
- Vosita qilmoq Vosita sifatida ishga solmoq, foydalanmoq.
Примеры
- Axborot vositalari. Texnika vositalari. Transport vositalari. Ishlab chiqarish vositalari.
- Daryodan suzib oʻtish uchun Umarovda qayiq ham, oddiy suzish vositasi ham yoʻq edi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Deydilarki, odatda, sevishganlar oʻz koʻngillarini til bilan izhor etolmaydilar, imo-ishora va baʼzan qochiriq gaplar juda yaxshi vosita emish. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Mehnat intizomi shunday bir vositaki, u ishda uyushqoqlikni, tashabbuskorlikni, ijodkorlikni taʼminlaydi. — Oʻzbekiston qoʻriqlari.
- Qoraqand mevasi bilan chinor poʻstlogʻidan tayyorlangan shar-bat ham qandli diabetni davolashda yaxshi vosita ekan. — Fan va turmush.
- ..faqat u mening vositamda toʻyni boshlash uchun sizdan izn olgani kelgan ekan. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- ..ularning [davlatmandlarning] ziyofatlari vositasida baʼzi madrasalarning mudarrislari, muharrirlari bilan ham tanishdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Munisxonni shuncha vahima bosdiki, onasini vosita qilishga sabri chidamay, akasi bilan yuzma-yuz oʻtirib gaplashishga majbur boʻldi. — A. Qahhor — Sarob.
Этимология
a. وَاسِطَة — chora, tadbir, usul; oʻrta, oʻrtadagi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0