Толковый словарь
yetim
етим
Значения
- . Otadan, onadan yoki har ikkovidan ajralgan.
- . Tashlab qoʻyilgan, eʼtibor berilmaydigan, qaralmaydigan shaxs yoki narsaga nisbatan qoʻllanadi.
- Tirik yetim Otasi yoki onasi yoki har ikkovi tomonidan tashlab ketilgan qarovsiz bola.
- Yetim qovurgʻa ' Eng pastki juft qovurgʻa.
Примеры
- Yetim bola. Yetim qoʻzi.
- Ularning biri olti yashar, biri toʻrt yashar yetim nabiralari Unsinni sevadilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hali ovqat yeyishga oʻrganmagan toʻrtta buzoq koʻzlari moʻltirab yetim qoladi-yu, achinmay boʻladimi? — S.Anorboyev — Oqsoy.
- Ayniqsa, bizning bechora moʻytan urugʻi — qoʻngʻirot elining shoʻrlik yetimi, bir shapaloq ursa ham, evaziga jon berib kelgan. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Ugʻlingni tirik yetim qilma. Bolang tufayli har qancha ogʻirchilik boʻlsa, ustingga ol. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Istardikki, "etim", "tirik yetim" soʻzlari dunyoda yoʻq boʻlsa, faqatgina kitoblardagina qolsa. — Gazetadan.
Этимология
arab. — ota-onasiz, yetim, yakkayu yagona; noyob
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0