Толковый словарь
yoymoq
ёймоқ
Значения
- Taxlangan, oʻralgan narsani ochmoq.
- Ochib, yozib osmoq (tortilgan arqon, ipga, shoxga va shu kabilarga).
- Ezib yupqalamoq, yassilamoq; choʻzmoq.
- Toʻshamoq, solmoq. [
- Bir-biridan ajratib, tarqatib, so-chib qoʻymoq.
- Maʼlum qilmoq, ommalashtirmoq.
- Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq.
- Toʻplanib, uyulib yotgan narsani tar-qatib tekislamoq, tekis qilmoq.
- Tarqatmoq, sochmoq, bermoq.
- Sochini yoymoq shv. folk. Motam tutmoq; gʻam-alamda qolmoq.
Примеры
- Qaltiragan qoʻllari bilan dastroʻ-mollarni yoyib koʻrdi: ikkalasi ham oq sho-yidan. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Kir yoymoq. Kiyim-larni dorga yoymoq. Kelinni kelganda koʻr, se-pini yoyganda koʻr. — Maqol.
- U engashib oʻtirgancha xamir yoyar, nimcha kiyib olgan, entikib nafas olar, shishinqiragan yuzi qizarib ketgandi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Yormat\ Otni qoʻsh-gandan keyin, aravaga qalin namat soldi, ustidan koʻrpacha yoydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Toʻshakni uy orqasidagi ajriqqa yoyib kelib, quruq karavotda shiftga tikilgancha yotdi. — S. Nurov — Narvoy.
- Yongʻoqni oftobga yoymoq. Qoʻylar-ni yoymoq.
- Qud-rat.. u yerda [toʻgarakda] oʻrganganlarini ma-halliy ishchilar orasida yoyib yurgan kun-larining birida uni jandarma iskovuchlari tutibqamadilar. — M. Ismoiliy — Fargʻonat.o.
- -Pekin bu narsani [savodni] sir saqlash yara-maydi. Hammaga yoyib, namuna qilish kerak, — dedi Elmurod. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Arzi-gay nomingiz yoysak olamga, Shul erur mening ham umrlik dardim. — A. Oripov.
- Institu-timizning shonu shuhratini olamga yoyadigan boʻlding, degani elas-elas qulogʻimga chalinib ham turibdi. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovun-lar mamlakati.
- Doʻnglik yoyib yuborilgandan keyin Mohidilning ruhi yorishib ketdi. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Peshinga-cha tariqqa suv yoyaman, kechlatib, Xevaga cho-paman. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Koʻklam osmoniga yonboitab, yoyar quyosh alvon-alvon nur. — T. Toʻla.
- Birov oʻlsa, qolgan qo-vogʻin uyar, Qarindoshi boʻzlab, sochini yoyar. — "Hasanxon".
- Oʻlib ketsang, yurting boʻlar be-sohib, Enang, singling qolar sochini yoyib. — "Murodxon". Tomir yoymoq q. tomir. Qanot yoymoq Ommalashmoq, rivojlanmoq; roʻyobga chiqmoq.
- Orzusi qanot yoygan Tursunoy Rai-movadan xotin-qizlar har qancha oʻrnak olsa arziydi. — Sh. Shorahmedov — Orzu qanot yoydi. Quloch yoymoq ayn. quloch yozmoq q. quloch 1.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0