Толковый словарь
yurak
юрак
Значения
- Odam va hayvonlar koʻkrak qafasi ichida joylashgan, ularning qon aylanish sistemasidagi muskul qopchiqqa oʻxshash markaziy aʼzo.
- Kishining his-sezgisi, ruhi, kechinmalarining ramziy markazi, ular saqlanadigan joy; qalb, dil.
- Qoʻrqmaslik, jasorat ramzi.
- Biror narsaning asosi, markazi.
- Qorin, oshqozon.
- Yurak buruq - yurak burugʻ.
Примеры
- Sogʻlom yurak.
- Yurakning urishi.
- Yurak kasalligi.
- Yurak klapani.
- Yurak bir-biri bilan tushashmaydigan ikki qismdan iborat boʻlib, bu qismlar bir-biridan yaxlit toʻsiq bilan ajralgan. — "Anatomiya"
- Yurak - zarur narsa.
- Yurak baquvvat boʻlsa, ish ham unumli boʻladi, kishi charchamaydi. — Uygʻun — Soʻnggi pushaymon
- Kumushning harorati kuchli, yurak urishi favqulodda tez edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Paxtazorda boʻlib oʻtgan janjal Oyqiz yuragida chuqur iz qoldirdi. — Sharof Rashidov — Boʻrondan kuchli
- Qisman u [Zebo] haqli edi. Zotan asrlar fojiasi va quvonchi boʻlgan muhabbat juda qadimiy narsa boʻlsa ham, har bir yurakda misli koʻrilmagan oʻziga xoslik bilan barq uradi. — Shuhrat — Shinelli yillar
- Xatolari, nuqsonlari koʻp boʻlsa ham, yuragi asl koʻripadi. — Uygʻun — Navbahor
- Ahmad oʻrtadagi adovatni unutib, yuragini ochdi. — Farhod Musajonov — Himmat — 1984
- Yuragidagini dangal toʻkib solayotgan qizning haqqoniy soʻzlari Sherzod Qambarovichga ogʻir botardi. — Oʻtkir Usmonov — Sirli sohil
- Obbo , hali shu yurak bilan yuribsizmi.. — "Mushtum"
- Men uning O‘tapboy qushbegiga qilgan muomalasini eshitib, yuragingga balli, degan edim. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarYuragi achimoq (yoki achishmoq) - achinmoq, kuyinmoq.
- Otabekni bu ahvolda koʻrib, Kumushning yuragi achidi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- ..oʻsishi mujmal, allaqanday kasalsimon gʻoʻzalarni koʻrar, yuragi achishar edi. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalarYuragi betlamaslik - jurʼat qilmaslik, botina olmaslik.
- Shundan-shunga chopib kelib, maktab direktoriga uchragani yuragim betlamadi. — Rahmat Azizxoʻjayev — Yashil chaylaYuragi yorilmoq - 1) nihoyatda qoʻrqmoq.
- Uning vahimasidan yuragim yorilay dedi. 2) juda diqqat boʻlmoq.
- ..baʼzi vaqt, Yoʻlchivoy, yuragim tare yorilguday boʻladi, dunyo koʻzimga qorongʻi koʻrinadi. — Oybek — Tanlangan asarlarYuragi jiz etmoq - qalbida keskin holda yoqimli his-tuygʻu qoʻzgʻalmoq, shunday hisni tuymoq.
- Ertalab bu soʻzlar gʻashini keltirgan edi, hozir ham yuragini jiz ettirolmadi. — Odil Yoqubov — IzlaymanYuragi jigʻ etmoq - 1) yuragi jiz etmoq.
- Shunda koʻzlar koʻzga toʻqnashdi, Gʻulomjonning yuragi jigʻ etib ketdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha 2) yuragi shuv etmoq.
- Har kuni salomga kiradigan boʻlib qoldi. Har kirganda, “soʻyib kelmadimikan”, deb yuragim jigʻ etib ketadi. — Abdulla Qahhor — AsarlarYuragi zir etmoq - qoʻrquv, bezovtalik hissini tuymoq.
- Tantiboyvachchaning yuragi zir etib ketdi. Asabiylanib, oʻzgargan tovush bilan bobilladi.. — Oybek — Tanlangan asarlarYuragi yoʻq - qoʻrqoq, yuraksiz.Yuragi keng - keng.
- Yuragingiz muncha ham keng boʻlmasa, koʻzingizga uyqu kelmaganiga hayronman. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariYuragi kuymoq - 1) juda tashna boʻlmoq.
- Issiqda uzoq yoʻl bosib, yuragim kuydi 2) qatgiq kuyinmoq.
- Yuraklari kuyib ketib Temurxon, Vo bolam, deb mayib norday yigʻlaydi. — HasanxonYuragi orziqmoq - orziqmoq.Yuragi orqasiga tortmoq - qattiq choʻchishdan qoʻrquv holatiga tushmoq.
- Saroy mulozimini koʻrgach, uning yuragi orqasiga tortib, eti seskanib ketgan edi. — Mirkarim Osim — Ajdodlarimiz qissasiYuragi poʻkillamoq - qoʻrquvda boʻlmoq; choʻchimoq.
- Har yili jiyda guli vaqtida, “Soy toshib, yoʻl bekiladigan boʻldi”, deb yuraklarimiz poʻkillab turadi. — "Mushtum"
- Yuragi yana poʻkilladi. Toshkentning toʻrt dahasi taniydigan davlatmand bu kishining oldiga qanday kiradi? — Oybek — Tanlangan asarlarYuragi siqilmoq - diqqat boʻlmoq, diqqati oshmoq.
- ..oradan bir hafta oʻtar-oʻtmas, Buxoroda yuragi siqilib, "yolgʻizlik" azobini torta boshladi. — Mirmuhsin — MeʼmorYuragi taka-puka boʻlmoq - vahima, qoʻrquv, xavotir holatida boʻlmoq; bezovtalanmoq.
- Shu kapalarga yaqinlashgan sayin Sidiqjonning yuragi taka-puka boʻla boshladi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariYuragi tipirchilamoq - tezlashish harakatida, ishtiyoqida boʻlmoq.
- Aziza yuragi tipirchilab kiyindi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq solYuragi tor - arzimas narsaga siqilaveradigan, tajangligi tutadigan.
- Anzirat xola ham yuragi torgina bir kampir, boʻlar-boʻlmasga xarxasha qiladigan. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariYuragi toshmoq - gʻam, hasrat, hayajon ichiga sigʻmay ketgan holat.
- Baʼzan yuragi toshib, butun dardini Unsinga ochishni istaydi.. — Oybek — Tanlangan asarlarYuragi tutday toʻkilmoq - intizorlikda iztirob chekmoq, dili besaranjom boʻlmoq.
- Xuddi birov: "E, oʻl-a, shunaqa-da, chiroyli yigitni koʻrsang, yuraging tutday toʻkiladi" - deb taʼna qilayotganday qizardi. — Abdulla Qahhor — SarobYuragi uvushmoq - maʼyus, ezgin holatni tuymoq.
- Mana shuni oʻylasam, allaqanday boʻlib ketaman, yuragim uvushadi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariYuragi chiqmoq - 1) nihoyatda qoʻrqmoq; esi chiqmoq.
- -Ot opqochdi, - dedi Badia. -Yuragimiz chiqib ketdi-ku! — Mirmuhsin — Meʼmor 2) nihoyatda toʻlqinlanmoq.
- Bu xabarni eshitib, xursandlikdan yuragi chiqib ketdi.Yuragi chopmoq - ishonch bilan botinmoq.
- Ammo adresi tayinsiz bu kelinga ham yurak chopmay turibdi. — "Mushtum"Yuragi shuv etmoq (yoki shigʻ etmoq, shuvullamoq, shigʻillamoq) - choʻchish, qoʻrquv his etmoq.
- Bashirjonning yuragi shuv etib, kayfi uchdi. — N. Aminov — Suvarak
- Bir odamning toʻnkarilib yotganini koʻrdi. Yuragi shigʻetib, orqasiga tortib ketdi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Saodatxonning yuragi shuvullab ketdi. — Saida Zunnunova — Yangi direktor
- Birov Qumrinisa, desa kampirning yuragi shigʻillab ketadi. — Mirmuhsin — Bir xumcha tillaYuragi oʻynamoq - 1) yuragi tez va kuchli urmoq.
- Otini qutidorning yoʻlagiga yetaklar ekan, negadir yuragi oʻynab ketdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar 2) vahima bosmoq, qoʻrqmoq, hovliqmoq.
- Shu savol boshiga kelganda, koʻziga toʻsatdan Kanizak koʻrinib, Sidiqjonning yuragi oʻynab ketdi: Bordi-yu shu boʻlsachi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Vahima qilavermanglar, yuragim oʻynab ketyapti.. — Mirmuhsin — MeʼmorYuragi qinidan chiqmoq - nihoyatda hayajonli, talvasali holatga tushmoq.
- ..Margʻilon darvozasidan kirishi bilan uning holi oʻzgara boshlar, yuragi qinidan chiqar darajada.. edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarYuragi qon - juda diqqat, xunob holatli.
- Ertadan beri toʻppi, qiyiqcha, jiyak tika berib, yuragi qon boʻlgan qizlar.. — Oydin — HikoyalarYuragiga sigʻmaslik - maʼqul kelmaslik, yoqmaslik.
- Yuragimga yeigʻmaydi, sigʻmaydi yuragimga hech narsa! — Abdulla Qahhor — Asror boboYuragiga qoʻl solmoq - sinash, bilish maqsadida bir gap-soʻz aytmoq.
- Bir kuni u shu arteldagi Masʼuda degan qizning yuragiga qoʻl solib koʻrdi. — "Mushtum"Yuragida kiri yoʻq - birovga yomonlikni ravo koʻrmaydigan, dili pok, dali-gʻuli.Yuragini boʻshatmoq - bor dardini toʻkib solmoq.
- O‘rmonjon koʻp ham toʻlib-toshib yurgan ekan, yuragini rosa boʻshatdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariYuragini yormoq - 1) birovni qattiq qoʻrqitmoq, choʻchitmoq.
- Chernetsov jangchilar oldidan uzoqlashgach, Emin Normatga: -Nega yuragimni yorgan edingiz, komissar indamadi-ku, - dedi. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat 2) yuragini ochmoq.Yuragini ochmoq - dilidagini maʼlum qilmoq, aytmoq.
- Albatta, u oʻz yuragini hech kimga ocha olmagan. Dardini oʻz ichiga yutgan. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Asqar polvon ham yuragini ochdi - yolgʻizgina qizchasini sogʻinganini.. soʻzladi. — Oybek — Quyosh qoraymasYuragini tirnamoq - bezovta holatga solmoq.
- Oʻzini qayoqqa qoʻyishini bilmay, yuragini tirnagan kechinmalari.. bilan hovlida kezdi. — Oybek — Tanlangan asarlarYuragini changallamoq - biror narsa haqida oʻta tashvishlanmoq, qoʻrqmoq.
- Hayot qozonni yuvdi-yu, qopqogʻini yopib, kirib ketdi. Endi boʻsh sahnu, uning etagida yuragini changallab oʻtirgan Gʻulomjongina qoldi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong ogunchaYuragini ezmoq - ruhiy azob bermoq.
- Kumushning bu holi bechora onaning yuragini ezar, yuz xil vasvasalarga solar edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarYuragini hovuchlab - qoʻrqa-pisa, bezillagan holatda.
- Doim oyim bechora yuraklarini hovuchlab oʻtirardilar. — Ergash Raimov — Ajab qishloqYurak oldirmoq - qoʻrqib, choʻchib qolmoq.
- Bir doʻqqa shunchalik yurak oldiribsiz, , rais aka! — Sunnatilla Anorboyev — OqsoyYurak tepishi - yurak faoliyatining tezlashish yoki zaiflashish holati.
- Jannat ona eshikni ochib, uyga kirganda, u ohistagina zambil ostidan chiqdi, uning yurak tepishi hali ham shiddatli edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarYurak yutib - tap tortmay, qoʻrqmay.
- Nahot siz.. bu ishga bosh qoʻshib, yurak yutib, mening ostonamga kelsangiz? — Komil Yashin — HamzaYurak oʻynogʻi - yurakning bezovta boʻlishi.
- Bir kuni uyda yotib, yaxshi uyqusi kelmay, yurak oʻynogʻisi qoʻzib chiqqan ekan. — H. Nazir — Yonar daryo
- Eʼzozxonning yurak oʻynogʻi hadeganda bosila bermadi. — Hamid Gʻulom — Mashʼal
- Axir Pekin shahri yangi xalq Xitoyining.. qudratli va ulkan mamlakatning yuragiku. — T. Joʻrayev — Ulugʻ Xitoyda
- Ha, ular Toshkent temir yoʻl ustaxonasi Turkistonda qoʻzgʻolonning yuragi ekanini tushunadilar. — N. Safarov — Sharq tongi
- Uning yuragi gʻijimlab ogʻriyapti.
- Sogʻliqni saqlash boʻlimidan choʻponlar oʻrtasida yurak buruqqa qarshi profilaktika oʻtkazish toʻgʻrisida koʻrsatma bor. — Sunnatilla Anorboyev — OqsoyYurak ogʻrigʻi - 1) ich buzilishi, qorin ogʻrigʻi; 2) qat’iyatsiz, mujmal.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0