Толковый словарь
zabardast
забардаст
Значения
- . Jismoniy jihatdan baquvvat, kuchli; qudratli.
- . Yetuk, oʻtkir, taniqli.
- . Ogʻir, katta, zalvorli.
Примеры
- Zabardast yigit.
- Ikki zabardast pahlavon oʻrtada bel tutishib ketdilar. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Bizning dovyurak, jasur, zabardast askarlar ikki kungacha dushmanni oldinga siljitishmadi. — T. Rustamov — Mantu jasorat.
- Zabardast qoʻllar tobutni azot koʻtarib, keng yelkalarga oldilar. — "Yoshlik".
- Xullas, Pavel Ivanovich Petrovskiy maktab yaratgan zabardast olim boʻlib, uning bilan hisoblashmaydiganlar kamdan-kam topilardi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Sattorxon toʻra ham dindor, ham zabardast ulamo, qilni qirq yoradigan mullo edilar. — K. Yashin — Hamza.
- Uch buyuk zabardast shoir sukutda edi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Bundan yigirma uch yil avval Matqovul oʻzining zabardast ketmoni bilan Saltonbuning toʻrt tanob yerini toʻrt kun deganda agʻdarib chiqdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Yer ishi ogʻir, oʻzingiz yaxshi bilasiz, ogʻizning yeli bilan bitmaydi. Zabardast ketmonni piyoz poʻstiday qilib qoʻyadi paxta ishi. — S. Nurov — Narvoy.
Этимология
fors. – qoʻli baland, kuchli; ishbilarmon
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0